Kasal bo‘lmaslikning iloji bormi , qanday qilib tezda sog‘ayish mumkin?


Betob bo‘lmaslikning iloji bormi yoki dardga chalinsangiz, qanday qilib tezda sog‘ayish mumkin?
Dori-darmonsiz davolanish usullarini bilasizmi?
Qanday to‘g‘ri chiniqish va shamollashdan so‘ng tezda sog‘ayishnichi?
Shu va boshqa savollarga quyida javob topasiz!

Chiniqing

Asosiysi, o‘z vaqtida, to‘g‘ri chiniqishga harakat qiling. Immunitetingizni mustahkamlovchi tabiiy preparatlarni qabul qiling. Biroq malhamlarni iste’mol qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.

Gripp mavsumida maxsus niqoblardan foydalaning

Niqobni uy sharoitida tayorlashingiz ham mumkin . doka bo‘lagiga (100×50 sm.) paxtani ingichka qilib (30×20 sm.) qo‘ying. So‘ng dokani buklang, paxta ichida qolsin va chetini shunday qirqingki, natijada ikki juft bog‘ich hosil bo‘lsin. Agar oilangizda kimdir grippga chalingan bo‘lsa, ovqatlangandan so‘ng idishlarini qaynating yoki bemor uchun alohida idish ajrating.

Sovuq havoda burun bilan nafas olishga harakat qiling. Burunning shilliq pardasi havodagi viruslarni filtrlay oladi.

S vitamini

Oktyabrdan aprel oyigacha har kuni S vitamini yoki askorbin kislotasi iste’mol qiling. Darvoqe, S vitaminini shifokor nazoratisiz iste’mol qilmang: keragidan ortiq qabul qilinsa, buyrakda tosh paydo bo‘lishi mumkin. Grippga qarshi emlattiring. Biroq avval shifokor bilan maslahatlashing.

Uyingizda ozodalikka rioya qiling.

Iloji boricha qo‘lingizni tez- tez sovun bilan yuvib turing

Ikki kunda bir marta xonani shamollating va dezinfeksiya qiling

Buning unun sarimsoq piyozning bir bo‘lagini achchiq qalampirni parrak-parraq qilib to‘g‘rang va likopchaga solib xona burchaklariga qo‘yib chiqing. Bir necha soat tursin.



Previous Chambarak - ozish uchun eng foydali
Next Nega Amerika supermarketlarida barcha tabassum qiladi

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *