Nega Amerika supermarketlarida barcha tabassum qiladi


Bejizga Amerika supermarketlarining egalari o‘z sotuvchilaridan doimo tabassum qilishni talab qilmaydilar. Chunki tabassum do‘konga foyda keltirishi bilan birga kayfiyatni ham ko‘taradi. Xuddi shunday sotuvchi qizlarning guvohlik berishlaricha, ishdagi majburiy tabassum tufayli kayfiyat kundan-kunga ko‘tarilib borar ekan. Hatto ish kuni noxushlik bilan boshlansa ham tezda unutilib ketishi isbotlangan. Olimlarning aytishicha, odamlar aqd va iroda yordamida organizmda kechayotgan kimyoviy reaksiyalarni o‘zgartirishi mumkin. Yani ijobiy hissiyotlarga taqlid qilib o‘z organizmimizni «aldashimiz» mumkin. Mabodo, gavdani egib, yuzingizni qayg‘uli qilib ko‘rsatsangiz ma’lum vaqtdan so‘ng kayfiyat yomonlashib salomatlikka aks ta’sir qiladi. Odam ruhiyati shunday tuzilganki, biror rolga kirishsangiz, fe’lingiz ham o‘zgaradi, miya esa shunga mos tarzda organizmga buyruq beradi. Shunday ekan taqdir va salomatlikni ijobiy tomonga burish o‘z qo‘lingizda.

Previous Kasal bo‘lmaslikning iloji bormi , qanday qilib tezda sog‘ayish mumkin?
Next Tovuq oyog‘i yurak uchun foydali

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *