CHARCHOQNI QANDAN YENGISH MUMKIN?



Quvvat yetishmasligini yengishga oid tavsiyalar, odatda, zerikarli va nuqul bir xil. Biz faqat qiziq va ishlaydigan usullarni tanladik.

Nima bo‘lganini aniqlang!

Og‘ir ish kunidan yoki shiddatli mashqlardan so‘ng charchash tabiiy hol. Biror bu boshqa biror kasallik alomati emas, balki charchoq ekaniga ishonch hosil qiling.

To‘g‘ri uxlashni o‘rganing!

8 soat uxlash bu «hammasi joyida», degani emas, siz to‘g‘ri uxlash qoidalariga amal qiling. Buning uchun: doim bir xil vaqtda, qorong‘i va tinch xonada uxlang. Xona harorati 16- 18 daraja bo‘lsa, tiniqib dam olasiz. Tekis to‘shak va issiq ko‘rpa uyquni yanada shirin qiladi.

To‘g‘ri ovqatlaning!

Vaqtinchalik quvvat beruvchi ichimliklar va yarim tayyor ovqat iste’molidan imkon qadar voz keching. Muntazam qahva ichish ham salbiy ta’sir qilishi mumkin. Ularning o‘rniga turli meva-chevalar yesangiz, nisbatan tetikroq bo‘lasiz.

Ishda tanaffuslar qiling!

Ishlar haddan ko‘payib ketsa, to‘xtang! Qaysi vazifalarni, albatta, bajarish kerakligini, qaysilari esa kutib turishini hal qiling. Kunning eng muhim vazifalari ro‘yxatida birinchi band «Dam olish» bo‘lishi kerak.

Jismoniy faollikni to‘xtatmang

Kam harakat qilganimizda, organizmdagi barcha jarayonlar o‘z-o‘zidan sekinlashadi: tana ovqatni sekinroq hazm qiladi, ishga sekinroq kirishadi va sekinroq dam olishni boshlaydi. Bundan qutulish yo‘li — sayr qilish. Istamasangiz, shu ondayoq chuqur nafas oling va 10 marta o‘tirib-turing.

Rad etishni o‘rganing

Ba’zan biz charchaymiz, negaki «yo‘q» deya olmaymiz va barcha ishlarga ko‘namiz, barcha iltimoslarga yordam beramiz, zimmamizga haddan ko‘p vazifa olamiz. Albatta, ishlarni eplaymiz, ammo o‘zimizga ziyon qilamiz.

Massaj qiling!

Og‘ir va sertashvish kundan so‘ng uyda oyoq kaftlarini, qo‘llarni, bo‘yin va yuzni massaj qiling.

Sauna yoki hammomga boring!

Issiqlik qonni tezroq yurishtiradi, shu bilan birga tanani bo‘shashtirib, tonusni oshiradi. Iliq vanna qabul qiling, unda 15 daqiqa yoting yoki saunaga, hammomga tushing. Faqat bug‘xonada juda ko‘p o‘tirmang: siz ekstremal mashg‘ulotlar uchun emas, balki dam olish va kuchni tiklash maqsadida kelgansiz.

Mehnatdan hordiqqa o‘tishni o‘rganing!

Ishni ishxonada qoldirgan ma’qul, uni hatto hayolda ham uyga tashimang. Uyda ish pochtasini tekshirmang, hamkasblarga yakunlanmagan ishlar yoki masalalar yuzasidan xat yozmang, ular ertagacha kutib turadi. Agar ertaga ishxonada o‘ta mas’uliyatli tadbir rejalashtirilgan bo‘lsa, bu haqda hayajonlanish o‘rinli, ammo bunday voqealar yiliga ikki-uch martadan ko‘p bo‘lmaydi. Qolgan vaqtda esa hech qanday ish vaqtidan tashqari fikrlarga yo‘l qo‘ymang. Mehnatdan hordiqqa o‘tish ham dam olishga yordam beradi.

Previous Tovuq oyog‘i yurak uchun foydali
Next ENG YAXSHI GALSTUKLAR QANDAY BO‘LISHI KERAK?

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *