ENG YAXSHI GALSTUKLAR QANDAY BO‘LISHI KERAK?



Galstuk erkaklar kiyim-boshining ajralmas bir bo‘lagi hisoblanadi. Galstuk o‘zi nemescha Halstuch so‘zidan kelib chiqib, bo‘yin ro‘molchasi ma’nsini anglatadi. Darhaqiqat, galstuklar aynan bo‘yin ro‘molchasidan paydo bo‘lgan. 

Galstuk — eng talabga ega erkaklar aksessuari hisoblanadi. Chunki biroz bir xil va oddiy bo‘lgan erkaklar kiyimiga yanglik olib kirishi mumkin bo‘lgan deyarli yagona usul hisoblanadi. Karl Lagerfeld aytganidek, «Galstuk hamon erkaklar modasidagi eng yaxshi aksessuardir»

Galstuk tanlayotganda nimalarga e’tibor qaratish kerak? Avvalo, u kostyum, ko‘ylak, paypoq va poyabzal rangi bilan uygun bo‘lishi kerak. E’tibor bering, bir xil emas, bir-birini inkor etmaydigan uyg‘un rangda, kaftga qo‘yganda galstukning keng tutash joyi qiyshaymasdan tik turishi lozim.
Qo‘lda tikilgan asl galstuklarning ichki tomonidagi choki dagal emas silliq bo‘ladi. Yuqori sifatli galstuklar odatda uch xil bo‘lakdan tikiladi. «Munday- roq» galstuklar esa ikki bo‘lakdan iborat: sirtqi mato va astar. Italiyalik chevarlar tomonidan qo‘lda tikilgan shoyi galstuklar qimmatbaho hisoblanadi. Sintetika aralashgan shoyidan tikilgan galstuklarga ham yuqori baho beriladi. Galstuk boglanganda uning uchi kamarni berkitib turishi kerak, lekin undan pastga tushsa, uzun ko‘rinadi.

Yorqin rasmlar yoki notanish timsollar tushirilgan galstuklar tanlashda ehtiyot bo‘lish lozim. Rasmiy sharoitda galstuk och rangli ko‘ylakdan to‘qroq, lekin kamzuldan ochroq rangda bo‘lgani ma’qul. Zamonaviy modada galstuklarni faqat ish sharoitida emas, balki istalgan kiyinish uslubda taqishni libos ustalari tavsiya qilmoqdalar. Uni hatto jinsi shim va pidjak bilan ham taqish mumkin. Gap uni qanday bog‘lash va tanlay bilishda.

Previous CHARCHOQNI QANDAN YENGISH MUMKIN?
Next Qirolicha qonunlarni buza oladimi ?

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *