Sayohat qilish uchun antiqa makonlar


Sayohat — bu odatiy bo’lib qolgan hissiyotlarni yangi va yorqin taasurotlarga almashtirish, yangi bebaxo bilimga ega bo’lish va jiddiy muammolardan xalos bo’lish, shuningdek omadsiz ishlar va vazifalardan qutulishning ajoyib usuli. Ko’p vaqtlik ishlarda qolib ketish, yo’llardagi tirbandliklar, uyqusizlik va sovuq kunlarning uzoq vaqt cho’zilgani sababli ongimizda dam olish kerak bo’lgan fikrni yanada kuchaytiradi, va biz hayollarimizda sayohatni rejalashtiramiz. 

Takidlab o’tishimiz kerakki zamonaviy va e’tiborga oid bo’lgan turizm yildan yilga pasayib, madaniy va marifiy rivojlanishga aylanmoqda. Ko’pchilik » yaqinlarimga aytishga uyalib qolmay » degan fikrni chetga surib, qalbiga yaqin va ongiga yorqin taasurot qoldiradigan joylarni tanlashmoqda. Bizning qiziqarli dunyoda minglab ajoyib va o’zgacha chiroyga ega bo’lgan manzaralar juda ko’p. Ko’pincha bebaxo go’zalliklarga ega bo’lgan joylar juda uzoqda bo’ladi. Dunyodagi minglab go’zal va g’aroyib bo’lgan joylarni Oda.uz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi bilan qarshi oling. Bu bir vertual sayohat bo’lsa ham, ehtimol shu sayohat orqali sizni real sayohatga bo’lgan ishtiyoqingiz yanada oshiradi. 

«Muhabbat tunneli», Klevan, Ukraina

«Klevan» bekatining oldida joylashgan temir yo’l, tabiiy devorlari daraxt va butalardan tashkil topgan va g’ayritabiiy yo’l bilan paydo bo’lgani sababli uni » Muhabbat tunneli » deb nomlashgan. Bir paytlar hokimiyatdagilar daraxtlar shoxlarini qirqishni to’xtatishdi, shu sababli daraxlarning shoxlari va butalari o’z holicha grotni tashkil qilishdi. Shunday ekan agar sevganingiz bor bo’lsa » Muhabbat tunneliga » birgalikda keling. U yerda temir yo’llari harakati cheklanganligi haqida gap bor bo’lsa ham, ehtiyot bo’lishingizni so’rab qolardik, chunki ko’plab rasimlarda u yerda poyezd harakati namoyish etilgan. 

Yurak shaklidagi orol, Kvinsled, Avstraliya.

Pushti rangli Retba ko’li, Senegal

Bir necha sababga ko’ra Retba g’ayritabiiy rangga ega bo’lgan. Birinchidan, ko’l suvida tuz juda ham ko’p. Uning darajasi 40% dan ortiq tashkil  topgan. Ikkinchidan, u yerda yashovchi mikroorganizmlar qizil rangga ega, chunki ular quyosh nurini singdirish uchun o’zlaridan maxsus pigmentlarni ajratadilar. Bu bakteriyalarning nomi  «Dunaliella salina». Shu boyis ular ko’lga bunday g’ayrioddiy rangga ega bo’lish imkonini beradi.

Mont Aigulle, Fransiya

Halok bo’lganlar vodiysi, Gvadarrama tog’lari, Ispaniya

Previous Olimlar Bermut uchburchagining sirini aniqlashdi
Next Xitoyning Nankin shahridagi eng ajoyib vertikal o'rmon

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *