Global o‘zgarishlarida odamzod aslo aybdor emas


Jahonshumul halokatlar sayyoramizning ich-ichidan qizib ketishi oqibatida ro‘y bermoqdaki, haroratning bunday global o‘zgarishlarida odamzod aslo aybdor emas.

Mutaxassislar va olimlar ro‘y bergan Hind okeanidagi zilzila tufayli dahshatli sunami (5 metrli kunli to‘lqin), Yevropadagi suv toshqini va Amerikadagi qo‘rqinchli tornado (dengiz quyuni)larning sodir bo‘lishiga bir xil sabab, ya’ni global haroratning ortib ketishi, degan to‘xtamga keldilar.
Bunga bashariyatning xech qanday aloqasi yo‘q, balki kurramizning ustki qismini vayron qilayotgan Yerning o‘zidir. Zero Yerning o‘zi ichki qobig‘idan yiliga 0,1 daraja tezlikda qiziy boshlaganligidir.


Agar harorat shunday davom etguday bo‘lsa, muz qoyalarining tinimsiz erishiga sabab bo‘ladi. Bu okean suvi hajmining ko‘tarilishiga olib keladi va sivilizatsiyamizning deyarli ancha kismini suv o‘z domiga oladi, demakdir.
RFA geografiya instituti «Muzsiz dunyo» xaritasini chizib bo‘ldilar. Bunda ayrim quruqliklarning yer yuzi muzliklarining erishidan keyingi o‘zgarish tarixi ko‘rsatilgan. Basharti shunday hol yuz bergudek bo‘lsa 67 metr balandga ko‘tariladi va kurramizdagi eng chiroyli va eng katta suvga g‘arq bo‘ladi. Rossiyada Sankt-Peterburg, Sochi, Novorossiysk, Vladivostok, Magadan, Petrozavodsk-Kamchatkalar ana shunday xududga kiritilgan.
Harorat ko‘tarilishi juda sekinlik bilan davom etsa-da, olimlarning fikricha, baribir 2050 yilga borib Yamalo-Nenets avtonomiyasi, okean bo‘yidagi Yekaterinburg va Novosibirsk butunlay suv ostida qolib ketadi.
Kavkaz va Rossiya o‘rtasida Azov va Kaspiy dengizlarining qo‘shilib ketishidan katta bo‘g‘oz paydo bo‘ladi. Unga Rostov, Astraxan, va Volgograd viloyatlarininga ayrim qismlari birlashib ketadi.
Eng dahshatli voqealar AQShda yuz beradi. Sharqiy kirg‘oqlar yuz kilometrlab mamlakat ichkarisiga siljiydi. Vashington, Nyu-York, Filadelfiya va Baltimorda g‘ovvoslar suv osti sayrini uyushtiradilar.
Isroil singari davlatlar yer yuzidan umuman yo‘qolib ketadi. Yevropa davlatlari o‘z hududlaridan toshqin sabab, ajralib qoladilar.
-Albatta, bu hodisalar birdaniga bo‘lmaydi,-deydi institut direktori Vladimir Kotlyakov,- XX asrda okean sirti bor-yo‘g‘i 15 santimetr ko‘tarildi.
Qachonki uning hajmi 1 metrga kutarilsa, Gollandiya va Bangladesh davlatlari bilan xayrlashishga majbur bo‘lamiz. Haroratning o‘zgarish omillari uzoq vaqtdan buyon insoniyatning tashqi muhitni ifloslantirish oqibatidan, deb qarab kelindi. Nevada (AQSh) instituti muzliklar Yerdan emas, balki ichidan erib, iqlim buzilishini keltirib chiqaryotganini aniqladilar. Iqlimning o‘rtacha darajasi sayyora-katta issiqlik paydo
bo‘lishi sayyorani terlashga majbur etmoqda.
-Biz buni boshqara olmayapmiz. Fakat jarayonni kuzatib, Dunyo okeanining keyingi xuruji qachon bulishi haqida ma’lumot yig‘ib, taxmin etyapmiz, xolos;-deya ta’kidladi Nevada instituti olimlar Kengashining raisi Saymon Stenton.Ularning kuzatishicha , yer haroratining yuqori darajada ko‘tariladigan qismi Yevropa xududiga to‘g‘ri kelar ekzn. Oxirgi un yillikda bu yerda 12 ta Alp tog‘iga teng keladigan muzlik erib, suvga aylangan.
Olimlar Yerning o‘zi umumjahon xalokatining oldini olishiga ishonch bildirishmokda. Quvonchlisi, Yerning o‘zi hamisha bunday harakati bilan insoniyatni taxlikadan saqlamokda. Yer shari nafaqat qiziyapti, balki terlayapti xam. Zero, ko‘z o‘ngimizda tobora kattalashayotgani sir emas. Yer osti jarayonlari uning qobig‘ini siqib, sayyoramizning diametri yiliga o‘rtacha 9 metr kattalashuviga olib kelmokda. Bu, 100 yilda 1 kilometrni tashkil etadi.
Aynan Yer shari qobig‘ining kattalashuvi natijasida Dunyo okeani me’eri belgilangan maromda saqlanadi.-Yer kanchalik isib borsa, u shunchalik kattalashadi. Lekin bu holat xam insoniyatga xavf soladi.
-Okean ostida paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar hisobiga yer qobig‘i haddan ziyod shishib ketadi. Yuqori haroratdan Yer qobig‘ining ichki tuzilmalari kuchli bosimga ega bo‘ladi, nafislashgan maydon hosil qiladi(bir necha kilometr). Ana shunda sayyoraning mana shu qismi xuddi havo shari kabi shishib boradi,deya tushuntiradi texnika fanlari nomzodi Yuriy Babikov.-Yer qatlamlari okean osti yerining kattayishidan nihoyatda noziklashib qoladi. Qayerda bunday joylar bo‘lsa, o‘sha joydan yer darz ketadi.
Olimlarning taxminiga ko‘ra yer qobig‘ining darz ketishi Hind okeanidagi sunamini keltirib chiqargan. Aynan, Yerning ichki qrbig‘lari xaroratining ko‘tarilishi natijasida yer o‘zini-o‘zi boshqavish holatiga duchor bo‘lgan. Oqibatda o‘sha mash’um tabiiy ofat yuz bergan.
Vayronalarda sunamining dahshatli izlari okean qirg‘oqlarida hali ham qalashib yotibdi. Istaymizmi yo‘qmi… Yer kizib ketgudek bo‘lsa, ushbu manzara yana va yana takrorlanishi mumkin. Bu yog‘i yolg‘iz Allohga ayon, xalos. ..

Previous Taraqqiyotning buyuk arxeologik ochilishlari
Next Inson qachon keksayishni boshlaydi ?

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *