Inson qachon keksayishni boshlaydi ?


Professor Timati Saltxaus yetti yil davomida ikki ming kishini o‘rganib, inson miyasi 22 yoshda imkoniyatlarining eng yuqori cho‘qkisiga yetadi, degan xulosani berdi. 27 yoshdan boshlab inson keksaya boshlaydi, deb yozadi “Vzglyad” gazetasi.

Tadqiqot davomida 18-60 yoshli odamlarga topishmoqlarning javobini topish, kamdan-kam uchraydigan so‘z va atamalarni, ular tinglagan hikoyalarning voqealarini eslash shartlari qo‘yildi. “Keksayish neyrobiologiyasi” jurnalida e’lon qilingan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 22 yoshda miya imkoniyatlari darajasi eng yuqori cho‘qqiga yetib, 27 yoshda pasayadi. 37 yoshda xotira susaya boshlaydi. Tadqiq etilgan 42 yoshlilarning natijalari esa bundanda achinarli. Professor Saltxausning xulosasiga ko‘ra, 20-30 yoshdayoq sog‘lom va yuqori ma’lumotli odamlarning o‘rganish va bilish qobiliyatlari keskin yomonlasha boshlaydi.
Shuningdek, tadqiqot natijalari ko‘p yillar davomida to‘plangan ma’lumotlar, jumladan, tez-tez qo‘llaniladigan so‘zlar boyligi va umumiy ko‘rinishdaga ma’lumotlar xotirada kamida 60 yilgacha saqlamishini ko‘rsatdi.

Previous Global o‘zgarishlarida odamzod aslo aybdor emas
Next Oliy ma’lumotli bo’lish sog’liq uchun foydalimi ?

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *