Rengen nurlari : foyda va zararlari


Turli kasalliklarga tashxis qo‘yish maqsadida asosan rentgen nurlari ko‘p qo‘llanilishi barchamizga yaxshi ma’lum. Rentgen nurlari xavfsiz hisoblangani bilan organizm ma’lum miqdorda nurlanish oladi.

Rivojlangan davlatlarda yiliga 300-900 tagacha rentgen nurlari bilan tekshirish o‘tqaziladi. Agarda ularning qatoriga tishlarni rentgenologik tekshirish va flyurografiyani ham qo‘shsak bu ko‘rsatkich soni yana ham oshadi . 


Biroq shuni hisobga olish kerakki, ba’zi to‘qima yoki a’zolarning renggen nurlariga  nisbatan sezgirligi juda yuqoridir. Masalan: organizm bir xil nurlanish olganda o‘pka saraton xastaligi ko‘p uchraydi. Shuningdek, jinsiy a’zolarga rentgen nurlari xavfli ta’sir etishi mumkin. Ba’zi hollarda genetik nuqsonlar rivojlanadi. Shu bois ham, a’zo va to‘qimalarni rentgen nurlari bilan tekshirish borasida ularga nisbatan turli miqdorlar qo‘llaniladi.
Rentgenologik tekshirish o‘tkazishdan oldin rentgen nurlarining organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va yakuniy xulosaning naqadar muhimligini hisobga olish zarur.

Rentgen nurlaridan nurlanish oqibatlari

Agarda organizmda yillar davomida to‘planib borgan nurlar miqdori oshib borsa quyidagi oqibatlarga olib keladi: kamqonlik — temir vositalari bilan davolanganda samara kuzatilmaydi. Normada organizmni tashqi muhit omillaridan himoya qiluvchi qon hujayralari- limfotsitlarning o‘zgarishi kuzatiladi. O‘tkir xastaliklarning cho‘ziluvchan kechishi va surunkali kasalliklarning qo‘zg‘alishi kuzatiladi.
Rengenologik tekshirishga qarshi ko‘rsatmalar qalqonsimon bez kasalliklari; jigar va buyraklarning og‘ir xastaliklari; surunkali sil kasalligi qo‘zg‘algan vaqtda; yurak mushaklari kasalliklari; yurak ritmi buzilishi; arterial qon bosimining baland yoki vaqtincha past yurishi; qon aylanuvchanligining baland bo‘lishi; bemor umumiy ahvolining og‘irligi; homiladorlik.

Agarda…

Hayotiy ko‘rsatmalarga binoan quyidagi hollarda juda ehtiyotkorlik bilan rentgenologik tekshirish o‘tkaziladi:
Yurak yetishmovchiligi; koronar qon aylanish buzilishi ; yaqinda  o‘tkazilgan miokard infarktida.

Kontrast rentgenografiya asoratlari

Ba’zan rengenologik tekshirish kutilgan natijani bermaganda, organizmga ba’zi eritmalarni yuborib, ular bergan zichlik asosida rentgenografiya o‘tqaziladi. Masalan: ichaklar kovak a’zo bo‘lganligi bois, rentgenologik tekshirishda ichakdagi o‘zgarishlarni kuzatishda qiyinchilik tug‘iladi. Agarda ichaklarga dori eritmalarini yuborib tekshirilganda, ulardagi o‘zgarishlarning chegarasini aniqlash imkoni tug‘iladi. 

Kontrast rentgenografiya o‘tqazilishi kerak bo‘lganda…

Agarda kontrast rentgenografiya o‘tkazishga ehtiyoj tug‘ilsa, tekshirishdan 3-4 kun oldin allergiyaga qarshi dori vositalari organizmga yuboriladi(suprastin, organizmning yodga sezuvchanligi yuqori bo‘lganda turli allergik toshmalar, shishlar, nafas qisishi, allergik shok rivojlanadi; ‘ eritma qon tomirlariga jo‘natilganda qon tomirlar devorining yallig‘lanishi kuzatilishi mumkin.

Flyurografiyaning ijobiy taraflari ommaviy tekshirish imkoniyati mavjudligi; tekshirish narxining arzonligi; nurlanishning tibbiy xodim va tekshiriluvchiga nisbatan pastligi; flyurografiya razmeri kichikligi bois, arxivda saqlash ham qulay. Flyurografiyaning asoratlari deyarli uchramaydi va shu bois qarshi ko‘rsatmalari ham yo‘q.


Previous Olimlar ozishning antiqa usulini topishdi
Next Saturnda bir sutka qancha ?

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *