Saturnda bir sutka qancha ?


Amerikalik olimlar Saturn sayyorasidag‘i sutka davomiyligini aniqlashdi. «The New York Times» gazetasining xabar berishicha, olimlar gigant sayyora halqalari harakatini o‘rganib, Saturndagi bir sutka 10 soat 33 daqiqa va 38 soniyaga teng, degan xulosaga kelgan.

Saturn halqalari harakati haqidagi ma’lumotlar 1997 yil fazoga chiqarilgan «Cassini» sayyoralararo stansiyasi tomonidan uzatilgan. Stansiya 2017 yilning aprelida tadqiqotlarning so‘nggi bosqichida sayyora halqalarini Saturnning bulutli qoplamasi ustida 2600 dan 3900 km balandlikda olti marta kesib o‘tgan.

Previous Rengen nurlari : foyda va zararlari
Next Amerikalik olimlar tarvuzdan yoqilg‘i ishlab chiqarishmoqchi

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *