Uzoq umr ko’rish sirmi yoki taqdir ?


Insonlarni qancha umr ko‘rishi har doim, har davrda barchani birdek qiziqtirib kelgan. Muqaddas kitoblarda yozilishicha odamzod nasli asoschisi, ya’ni Odam Ato 930 yil yashagani, Momo havo onamiz esa biroz ko‘proq yashagani ma’lum. Nuh payg‘ambar esa 950 yil yashagan, uning bobosi Mafusail 969 yil umr kechirgani haqida muqaddas kitoblarda bayon qilingan. Mashhur faylasuf Arastu yunonistonda yashagan Yepimenad ismli kishi 300 yil umr ko‘rgani haqida o‘z kitoblarida yozib qoldirgan. Nihoyat o‘tgan asrimizda yashagan ozarboyjonlik Sherali Muslimovni 170 yil umr ko‘rganini haligacha ko‘pchilik unutmagan bo‘lsa kerak. Shunday ekan uzoq umr ko‘rish sirmi yoki taqdir degan savolga imkon qadar javob topishga harakat qilamiz.

Olimlarning ko‘p yillik kuzatuvlari natijasi shu narsani aniqlanganki, inson o‘rta hisobda 150 yil umr ko‘rishi mumkin ekan. Agarda biz turli hayvonlarning qancha yashashini tekshirsak o‘ziga xos tafovutga guvoh bo‘lamiz. Erkinlikda yashayotgan hasharotlar, qurt-qumirsqalar bir necha soat yashashini kim ham o‘ylabdi deysiz. Fil 150-200 yil, ot 40 yil, qushlardan burgut, oq qush, to‘ti 100 yilgacha, toshbaqa, timsohlar 300 yilgacha yashar ekanlar. Hayvonlar singari o‘simliklarning ham yashash muddati turlicha bo‘ladi. Tok 100 yil, dub daraxti 1000 yil yoki o‘zimizni chinor daraxti ham 1000 yilgacha yashashi mumkin. Qizigi Afrikada o‘sadigan baobab, Avstraliyada o‘sadigan evkalipt daraxtlari 5-6 ming yilgacha yashashi aniqlangan. Hayvonlarning umr ko‘rishi ularning o‘sish davriga qaraganda 5-8 barobar ortiq bo‘ladi. Masalan it 2 yil davomida o‘sadi, 10-15 yil yashaydi. Ot 5 yil o‘sadi, umri esa 30-40 ga yetadi. Odam 25 yoshgacha o‘sadi, demak inson normal sharoitda 150 yilgacha yashashi mumkin. Rossiyalik gerontolog mutaxassislarning fikriga qaraganda inson o‘rtacha 120 yil umr ko‘rishi mumkin ekan.

Hozirgi kunda, uzoq-umr ko‘rish siri quyidagilarga bog‘liq bo‘lib qoldi. Insonlarga ko‘rsatilayotgan sog‘liqni saqlash tizimini sifati, ovqatlanish tartibi va sanitariya holati 
Sog‘lom turmush tarziga qaysi mamlakatda etibor kuchli bo‘lsa, o‘sha yerda o‘rtacha yashash muddati ham uzayar ekan. Masalan AQShda 1900 yili odamlarning o‘rtacha umri 47 yeshni tashkil etgan bo‘lsa. oradan 100 yil o‘tib mazkur ko‘rsatkich 79 yoshni ko‘rsatdi. Statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatdiki , 100 yoshdan oshganlarning 89 foizi chekishni og‘ziga umuman olmagan. 70 foizi esa spirtli ichimliklar iste’mol qilmagan.

Inson 40 yoshdan o‘tgandan so‘ng 30 yoshidaligiga qaraganda 120 kilokaloriya kam energiya sarflaydi. Ya’ni, bu bilan kishida ortiqcha yuklar paydo bo‘la boshlaydi. 50 yoshda erkaklarda jinsiy faoliyatning susayishi, ayellarda klimaks davrini boshlanishi bilan yurak kasalliklari xavfi ortadi. Organizmning immun tizimida muhim o‘rin tutadigan qalqonsimon bezning hajmi 90-95 foizga kamayishi turli yuqumli kasalliklarga uchrash imkoniyatini oshiradi. Kishi 60 yoshdan o‘tgach qonda qand mikdorining ortishi qandli diabetga uchrash xavfini oshiradi. 80 yoshda esa suyak tarkibida kalsiy miqdorining kamayishi natijasida, suyaklarni sinish sonini oshiradi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, inson o‘z umri davomida qat’iy tartib — qoidalarga e’tibor bersa hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilib yashasa. u hayotdan uzoq lazzatlanishi mumkin.

Do‘stini yosh vafot etganini eshitgan buyuk nemis adibi Hete shunday degan ekan:

— 80 yoshga yetmasdan o‘lish naqadar hafsalasizlik

Har birimiz farzandimizning sog‘lom bo‘lib o‘sishini istaymiz. O‘z navbatida farzandimiz sog‘lom bo‘lishi uchun sog‘lom va to‘laqonli ovqatlanishi kerak. Marqamat qilib quyidagilarga e’tibor bersangiz. Quyida bolalar uchun mumkin bo‘lgan va mumkin bo‘lmagan ovqatlar ko‘rsatilgan.

MUMKIN EMAS:

Qoyaoqli pishloq, kolbasa, sosiska. dudlangan tovuq, yogli gusht va suyaklardan tayyorlangan ovqatlar. kartoshkali pyure. qovurilgan tovuq, qora choy har xil rangli napitkalar , shokoladlar, konfetlar, kremli tortlar, chipslar.

MUMKIN:

Yangi tayyorlangan suzmalar, yegsiz qaynatilgan go‘sht,  terisi olingan tovuq go’shtidan tayyorlangan qaynatma, sabzavotlar yog’siz baliq ,  yog’siz smetana qai- natilgan yeki bugda pishirilgan baliq, duxovkada pishirilgan kartoshka

Previous Amerikalik olimlar tarvuzdan yoqilg‘i ishlab chiqarishmoqchi
Next Uyquning me’yori bormi ? Fan bu haqida nima deydi ...

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *