Uyquning me’yori bormi ? Fan bu haqida nima deydi …


Agar e’tibor bilan kuzatadigan bo‘lsak,uyquni yaxshi ko‘radiganlar juda ko‘pchilikni tashkil etadi. Fan ham to‘laqonli uyqu hayot uchun naqadar muhimligini allaqachon isbotlab bergan. Zero, me’yoriy tungi uyqu immun tizimining faol ishlashi uchun juda zarurdir.

Ma’lum bo‘lishicha, tiniqib uxlash asablarga dam beradi, tanani tinchlantirib, unga orom bag‘ishlaydi. Britaniyaning Mori (Mori) sotsiologik xizmati mutaxassislari aynan shu borada tadqiqot o‘tkazishdi. Ikki boshliqdan biri uyquga to‘ymagani sababli salga jahli chiqadigan bo‘lib, o‘z xodimlariga ko‘p baqirishi aniqlandi. Bundan tashqari, tadqiqotda har beshinchi boshqaruvchining nosog‘lom uyqu oqibatida xato qarorlar qabul qilishi eqtimoli oshishi e’tirof etildi.

«Demos» instituti va Ikea (ikea) mebel firmasinking buyurtmasiga muvofiq o‘tkazilgan so‘rov natijasida ishda va undan tashqarida qanday qilib to‘g‘ri yashash to‘g‘risidagi qizg‘in bahslarda uyqu butunlay unutib yuborilgani aniqlandi. .«Alohida olingan istalgan ish kunida Britaniyadagi barcha boshqaruv xodimlarining to‘rtdan bir qismi ayni uyquga to‘ymagani uchun kayfiyati yomon bo‘ladi, — deydi ma’ruza mualliflaridan biri. Bu uyqudan mahrum bo‘lgan va xatolar sodir qilish tamoyiliga ega bo‘lgan baqiroq boshqaruvchilar millionlab britaniyalik ishchilar uchun mas’uldir».
— Hatto biroz uyqudan qolish hayoti busiz ham ruhiy zo‘riqishga to‘la bo‘lgan odamlarga jiddiy ta’sir qiladi, — deydi u. — Muammolar ostida qolgan ota-onalar shunday ham kam uxlaydilar. Aynan ular bu sohada eng nozik bo‘lib, tezda o‘zlariga kelishga qodir emaslar. Kichik bolalardan tashqari, tunda g‘ashga tegadigan boshqa narsalar ham bor. Chunonchi, sotsiologlar hamxonasi xurrak otishidan ko‘pincha ayollarning uyqusi qochib ketishini aytishadi.

AQShning Pensilvaniya universiteti olimlari ham uyqu muammosiga qiziqishdi. Ular laboratoriya sichqonlarini yangi vazifani bajarishga o‘rgatishdi va shundan so‘ng bir guruh sichqonlarning bir necha soat uxlashiga yo‘l qo‘yishdi, boshqa guruhning esa uxlashiga yo‘l qo‘yishmadi.
Uyqu guruhi dagi sichqonlar oldin o‘tilgan vazifani yaxshiroq eslab qolishi aniqlandi.
Dars o‘tilganidan keyin uyqu besh soatdan kam bo‘lmas kerak. Miya yangi axborotni xotira bankiga o‘tkazishi uchun ayni shuncha vaqt ketadi. Besh-o‘n soat uxlatilmagan sichqonlar keyinchalik darsni o‘rganmagan o‘quvchilar kabi harakat qiladi, Hujayralar darajasida o‘tilgan material o‘rgatishdan so‘ng bir necha soat davom etadigan vaqtda mustahkamlanadi.

Darsdan so‘ng besh soatlik uyquning yo‘qligi turgan joyini, yo‘nalishni aniqlash va atrofdagilarni his etish qobiliyati, ya’ni «kontekstual xotira»ning yo‘qolishiga olib keladi. Lekin ma’lum dalillar yoki voqealarni tiklash jarayoniga — «signal xotirasi»ga uyquning kamligi ta’sir qilmaydi.

Kaliforniya universiteti olimlari kechasi 8 soat va undan ko‘proq uxlaydigan odamning umri ancha qisqa bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi. Bir million kishi ishtirok etgan tadqiqotning ko‘rsatishicha, surunkali ko‘p uxlash inson salomatligiga salbiy ta’sir qiladi.
Olimlar unda 6 yarim soat uxlash o‘zimizni bardam his etishimiz uchun kifoya, deb ishontirishmokda. Tadqiqot har qanday holatda ham 5 soatlik uyqu 8 soatlik uyqudan yaxshiroqligini ko‘rsatadi. Olimlar har bir insonning kun bo‘yi o‘zini qanday sezishi uyquning eng maqbul soatini aniqlashning hal qiluvchi omili, deb hisoblashmoqda, «O‘zingizni bardam sezsangiz, bu hamma narsa joyidaligini bildiradi», — deyishadi ular. Ma’lumki, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Margaret Tetcher bir kunda to‘rt soatdan ortiq uxlamas va o‘zini hamisha bardam his qilardi.
Bu tadqiqot xulosalariga uyqu muammolari bilan shug‘ullanayotgan hamma olimlar qo‘shilishadi, deb bo‘lmaydi. Chunonchi, ularning ko‘plari tajriba o‘tkazuvchilar turli yoshda uyqu davomiyligi turlicha bo‘ladi, shu sababli 6,5 soatdan ortiq uxlamaslik to‘g‘risidagi umumiy tavsiya unchalik to‘g‘ri emas, deyishadi. Masalan emizikli go‘daklar bir kecha-kunduzda 16 soat uxlashadi, 10 yoshli maktab o‘quvchilari 10-11 soat, talabalar 8 soat uxlashadi. Biroq yosh o‘tgan sari uyquga ehtiyoj kamayadi, yoshi 45 dan oshganlarning uyquga ehtiyoji 7 soatdan oshmaydi. 50 yoshdan so‘ng esa to‘rtinchi bosqich uyqu umuman qolmaydi.

Shunga qaramay, bu tajriba mazkur sohadagi eng katta tadqiqotdir. Olimlar turli yoshdagi bir milliondan ortiq ayollar va erkaklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taxdil qildilar. Chekish, jismoniy bosim, parhez kabi qo‘shimcha omillar ham e’tiborga olindi. Tadqiqotchilar tunda 8 soat uxlaydiganlarning oldinroq vafot etish extimoli bundan atigi bir soat kam uxlaydiganlarga nisoatan 12 foiz ko‘proq deb hisoblamoqdalar. Uyqu dorisi ichuvchilarning vafot etish ehtimoli ham shuncha yuqori. Vaqti-vaqti bilan uxlay olmaslik xatar omili qatoriga kirmas ekan, bu esa kutilmagan yangilik bo‘ldi

Previous Uzoq umr ko’rish sirmi yoki taqdir ?
Next Video o‘yinlarni o’ynash foydali

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *