Bil Geyts — jahon biznesi akulasining tarixi


Deyarli har bir tadbirkor qisqa muddat ichida o‘z faoliyatida katta muvaffaqiyatlarga erishishni istaydi. Bu borada taniqli yirik biznesmenlar tajribasidan o‘rnak olish maqsadga muvofiqdir. Shular qatorida dunyoning eng boy odami sifatida tan olingan Bill Geytsning biznesdagi yutuqlari, uning tadbirkorlik mahorati barcha uchun saboq vazifasini o‘tashi, shubhasiz. Bill Geyts 1925 yil 28 oktyabrda AQShda mashhur huquqshunos oilasida tug‘ilgan. 13 yoshidanoq ilk kompyuter dasturini yaratgan bo‘lajak milliarder bugunga kelib yirik kompyuter magnati, Microsoft korporatsiyasining asoschisi va sohibi bo‘lib, jahon biznesining haqiqiy “akula”si sifatida butun dunyoga tanilishga erishdi.

Mashhur biznesmen kollejda tahsil olayotgan paytdayok “Traf-O-Data” kompaniyasini tashkil etgan edi. U 15 yoshida esa yo‘l harakatini boshqarish dasturini yaratib, shu loyihadan 20000 AQSh dollari ishlab topdi. Oradan bir necha yil o‘tgach, kompyuter texnologiyalari sohasini mukammal egallagan Bill Geyts yaqin do‘sti bilan birga MITS firmasi ishlab chiqargan Altair 8800 kompyuterlarining dasturiy ta’minotini amalga oshiradi. Shu tariqa u “Microsoft» kompaniyasida o‘z faoliyatini boshladi. Kompaniyaning ilk besh buyurtmachilari kasodga uchradi,biroq “Microsoft”chilar aslo tushkunlikka berilmadilar. Natijada IBM kompaniyasining dunyodagi ilk shaxsiy kompyuterlari uchun operatsion tizimni yaratish taklifini qo‘lga kiritishdi.

Bill Geyts QDOS (Quick and Dirty Operating System) litsenziyasini 50000$ ga sotib olib, MS-DOS nomi bilan atadi va uning litsenziyasini IBM kompaniyasiga sotdi. “Microsoft” dasturiy ta’minotiga ega bo‘lgan IBM yangi kompyuterlarining taqdimoti jahon bozoridagi haqiqiy olamshumul voqea bo‘ldi. Shundan so‘ng ko‘p kompaniyalar “Microsoft’Ta pitsenziyasi uchun murojaat qila boshlashdi. Ko‘p yillar mobaynida ushbu kompaniya “Microsoft Word” va “Microsoft Excel»ofis dasturlarini yaratib, dunyo bozorini muntazam ravishda o‘zlashtirib bordi. “Microsoft» kompaniyasiga kiruvchi Corbis kompaniyasi sharofati bilan Bill Geyts Bettman singari taniqli suratkashlarni foto kartotekasini qo‘lga kiritdi va bu suratlarni elektron ko‘rinishda jo‘natnlishini yo‘lga qo‘ydi.

1986 yil “Microsoft” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Xuddi shu yili Geyts 31 yoshida mashhur milliarderga aylangan edi. Oradan vaqtlar o‘tib korporatsiya kompyuter bozoriga “Windows” ning birinchi versiyasini kiritdi va 1993 yilga kelib “Windows» sotuvlarining umumiy hajmi oyiga 1 milliondan ortib ketdi 1995 yildaWindows 95” yara- tildi. Bu dastur esa ikki hafta mobay- nida yetti million nus-xada sotildi. “Microsoft” dasturiy ta’minoti shunchalik keng tarqalib bordiki, kompaniya faoliyati Amerika Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi nazoratiga ham olindi. 1995 yil Bill Geyts korporatsiyasi yo‘nalishini o‘zgartirdi. Endi asosiy urg‘uni internetga bera boshladi. O‘zining samarali mehnati tufayli katta boylik orttirgan Geyts saxovatparvarlik ishlariga ham jiddiy e’tibor berib kelmoqda. 

Previous Video o‘yinlarni o’ynash foydali
Next Saddam Husaynning Milliardlari qayerda ?

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *