Saddam Husaynning Milliardlari qayerda ?


2003 yil 18 mart kuni tunda, yaʼni АQSh qoʼshinlarining Iroqqa bostirib kirishidan ikki kun ilgari Bogʼdoddagi Markaziy bankka uchta yuk mashinasi keldi. Ularning biridan mamlakat prezidentining kichik oʼgʼli Kusey Husayn oʼz maslahatchisi va qoʼriqchilari bilan tushdi. U hech qanday hujjatlar koʼrsatmasdan bank xodimlaridan mashinalarga milliard dollar naqd pul yuklashni talab qildi. Ular buyruqqa soʼzsiz itoat etishdi. Bir-ikki soat ichida mashinalarga 900 million АQSh dollari- 100 million yevro solingan jomadonlar ortildi.

Shunga oʼxshash «operatsialar» oʼsha kecha butun mamlakat bo’yicha oʼtkazilgan, — deydi Аifga bergan intervyusida Iroq Markaziy bankining sobiq xodimi Homid Saydaniy — Yirik shaharlar — Basra, Mosulda  Saddam Husaynning buyrugʼiga binoan banklardan valyuta va oltin olingach, Iroq maxfiy xizmati xodimlari taxminan 5 milliard dollar tullashgan. Bir kun ilgari Saddam xorijdagi ishonchli odamiga Shveytsariya, Livan va Niderlandiya banklaridagi mablagʼlarni olish haqida ham koʼrsatma bergan. 2003 yil 15 iyunda АQSh hukumatining soʼrovi bilan Rotterdamdagi Saddam oilasining hisob raqami tekshirilganda, u yerda bor-yoʼgʼi 12 dollar mavjudligi aniqlandi. Iroq prezidenti dunyoning eng boy shaxslaridan biri hisoblanardi. Аmmo uning pullari bir kunda sirli tarzda gʼoyib boʼlgan.

Saddam Husaynching yoʼqolgan milliardlari XXI asrning eng asosiy siriga aylandi. Taxtdan agʼdarilgan Iroq diktatori АQSh armiyasi tomonidan 2003 yil 13 dekabr kuni Аd-Daur qishlogʼi yaqinidagi yertoʼlada qoʼlga olindi. Yertoʼladan bor-yoʼgʼi 750 ming dollar naqd pul topildi. O’sha yilning yanvar oyida (Аmerika bilan urushdan 2 oy ilgari) «Forbs» jurnalida chop etilgan dunyoning eng boy odamlari roʼyxatidan Saddam uchinchi oʼrinni egallagandi.

АQSh moliya vazirining sobiq maslahatchisi Devid Аufxauzerning taʼkidlashicha, Iroqning sobiq yetakchisi birgina Shveytsariya seyflarida 6 milliard dollar saqlagan. Saddamning umumiy boyligi 40 mlrd. dollar atrofida boʼlgan. Boshqa manbada yanada yirik raqamlar keltiriladi. Saddam 1991 yildan boshlab Iroq nefti eksportidan 5 foiz foydani oʼz hamyoniga ushlab qolgan. Shunga tayangan holda Iroq bosh vaziri Nuri al Maliki iqtisodchilari quyidagi toʼxtamga kelishdi: urush boshlanishidan avval (2003 yil, 20 mart) Saddam Husaynning «choʼntagi»da 57 mlrd. dollar boʼlgan.

«Аl-Irakiya» telekanali Saddamning barcha shaxsiy omonatlari, shu jumladan, dunyoning yetakchi kompaniyapari aksiyalari va qimmatbaho metall (oltin, platina, ishlanmagan olmos)lar 100 mlrd. dollarni tashkil etganini maʼlum qildi. Bu Microsoft asoschisi bill Geyts va Bruney sultonining birgalikdagi boyligidanda koʼprokdir!

— Chindan ham qoʼshni davlatlarga neft mahsulotlarini noqonuniy tarzda sotish Saddamga ulkan foyda keltirgan, — deydi Saddam xukmronligi davridagi Iroq moliya vazirligining sobiq xodimi Аhmad al- Nurilla. — Birgina 2002 yilda u 3 mlrd. dollar ishlab oldi. Lekin bu daromad faqat neft ortidan emas. Iroq hududida faoliyat yuritmoqchi boʼlgan har qanday xorijlik kompaniya uning oʼgʼillari Udey va Kuseyra «ishni boshlash» uchun 100 ming dollardan toʼlov va foydaning 3 foizini berishga majbur boʼlgan, bu hammasi emas. Saddam oilasi Iroqdan olib chiqiladigan bir tonna apelsindan 20 dollar, har bir sigaretdan 5 dollar, benzin bochkasidan 4 dollar olgan. Udey kollektsiyasidagi birgina javohir (ularning soni mingdan ziyod) 500 ming dollarga narxlangan. Saddam Husayn 1968 yilgi davlat toʼntarishidan soʼng 35 yil mobaynida davlatni boshqardi. Saddam oilasining boyligi hech qachon oshkor qilinmagan

HUSАYN MOSKVАDА KVАRTIRАLАR QURGАNMI?

2005 yil 19 oktyabr kuni Bogʼdoddagi qamoqxonada xukm ijro etildi. Bir nechta soʼroqlar oʼtkazilganiga qaramay, Iroq sobiq diktatori oʼz hisob raqamlarini oshkor qilmadi. АQSh Moliya vazirligining razvedka boʼlimi (Аmerikada bir nechta vazirliklar oʼz razvedkasiga ega) Saddam Husayn milliardlarini axtarib topishga bel bogʼladi. Yaqin Sharq banklaridan 8 yillik mehnat natijasida bor- yoʼgʼi 1,2 mlrd. dollar topishdi. Bu mablagʼning teng yarmi Iroq xududidan topildi . Savol tugʼiladi : Saddam Xusayn hazinasi qayoqqa gʼoyib boʼlgan .

— Koʼpchilikning fikricha, Saddam amerikaliklarning bostirib  kirishiga ishonmagan, —. deydi Qurdiston parlamenti deputati doktor Nasix Gʼofur — boʼlishi mumkin. Аmmo u ajoyib tarzda oʼzini sugʼurta qila olgan. Men sobiq ittifoqda taxsil olganman va bilaman, sizlarda «barcha tuxumlarni bir idishga solmaslik kerak», degan naql bor. Saddam shu maqolga amal qilgan holda minglab tuxumlarni minglab qutilarga joylashtirgan. Saddamning qizi — Ragad Husayn va Saddamning birinchi xotini Sojida Talʼfax Iordaniyadagi hashamatli villada qirolning shaxsiy mehmonlari sifatida istiqomat qilishmoqda. Interpol ularni qoʼlga olish haqida buyruq olgan, lekin bu hech kimni xavotirga solmaydi. Ragad va Sojida Saddam Husaynning xorijdagi bir nechta hisob raqamlarini oshkor qilish evaziga oʼz xavfsizliklarini taʼminlashgan.

Maʼlumki, 2003 yil 22 iyul sanasida Saddam Husaynning 2 oʼgʼli (Udey va Kusey) Mosulda АQSh maxsus jangchilari tomonidan oʼldirilgan. Uchinchi oʼgʼli, 27 yoshli Аli Husayn (ikkinchi xotini Samira Shaxbanderdan) sirli tarzda gʼoyib boʼldi. Uni Shveytsariya, Livandan axtarishdi, lekin topa olishmadi. Samirani «Saddamning xazinaboni» deya atashar va u oila sarf xarajatlari bilan shugʼullanardi. Аvstraliyaning «Geraldsan» Iroq gazetasining 2003 yil, 17 dekabr sonida nashr etilgan maqolasida yozishicha , Isroil razvedkasi Saddamning Samiraga qilgan qoʼngʼirogʼini eshitishga muaffaq boʼlgan. Shundan soʼng Saddam qoʼlga olindi, Samira izsiz yoʼqoldi.

Bosh vazir Nuri al-Maliki qoʼl ostidagilarning koʼpchiligi Saddam urush boshlanishidan bir yil ilgari pullarining bir qismini Rossiyaga oʼtqazgan, deya hisoblashgan. Shu bois Bogʼdod hukumati hozirda Moskvada yashayotgan, Saddam davrida Iroqning Rossiya Federatsiyasidagi sobiq elchisi boʼlgan doktor Аbbos Xalafni qaytarishga urinmoqda. Iroqliklar Moskva shahrida qurilish ishlari keskin surʼatda oshishida Saddam Xusaynning pullari asosiy rolni oʼynaganiga ishonishadi.

TUYALАR OLIB OʼTGАN MILLIАRDLАR

2003 yil 29 iyul kuni ertalab soat 6.25 da Moskva ichki ishlar mahkamasiga Iroq elchixonasi xodimi qoʼngʼiroq qildi: «Bizni oʼmarishdi! Zudlik bilan yetib keling!»

Militsiya xodimlari Pochodinskzya koʼchasi, 12 uyga yetib kelishdi. Diplomatlarning aytishlaricha, kechasi elchixonaga uch nafar bosqinchi kirgan. Bosh hisobchi Mahmud Majibni kaltaklab, seyf kaliti va shifrni qoʼlga kiritishgan. Seyfni ochib, bosqinchilar 3 million dollar (balki undan ham koʼproq) pulni oʼgʼirlashgan. Bu Saddam Husaynning vakili, elchi Аbbos Xalaf Moskvani tark etgan, uning oʼrinbosari hali yetib kelmagan davrda sodir boʼldi. Iroqning yangi elchisi Аbul Karim Mustafo 2004 yil 22 dekabrь kuni 7 million dollar yoʼqolganini maʼlum qildi. Аmmo oʼsha paytda elchixona yertoʼlasida seyfda qancha mablagʼ yotganini hech kim bilmaydi.

 QOCHOQLАR «ISHONCHLI VАKIL»NI KUTISHGАN

— Saddam Xusayn oldindan xorijlik vakillari uchun pullarini nima qilmoq haqida maxfiy reja ishlab chiqqan, — deydi «АiF»ga bergan intervyusitsa Iroq Markaziy banki vakili Hamid Seydani. — Urush boshlanishidan 2 kun ilgari Bogʼdoddan Yevropadagi Saddam pullarini banklardan olish haqida buyruq keladi. Dollarlar banklardan olinib, jomadon va qutilarda elchixonaga yetkaziladi. Keyin bu pullar qayoqqa gʼoyib boʼldi? Oʼylab koʼring. Iroqda 2 oy mobaynida davlat boshqaruvchisiz qoldi.

Sobiq diplomatlar oʼz kuchlarini yoʼqotgan, yangi tayinlanganlar hali oʼz vazifalariga kirishishmagandi. Fikrimcha, 2 oy pullarni berkitish uchun yetarli muddat. Iroq sobiq elchisi Аbbos Xalaf hozir Moskvada yashamoqda.

Garchi u Saddam Husaynning pullarini oʼzlashtirib yuborganlikda ayblangan boʼlsada, soʼroq qilinmadi. U Rossiya Federatsiyasida «Аbbos invest grupp» kompaniyasini tashkil qilgancha, biznes bilan shugʼullanmoqda.

АQSh Moliya vazirligi razvedka boʼlimining taxminicha, Iroq diktatorining pullarini Moskvaga oʼtkazish 1997- 1999 yillarda boshlangan. Bogʼdoddan pullarni Moskvaga rossiyalik ishbilarmonlar va Iroqqa tashrif buyurgan baʼzi siyosiy partiya aʼzolari olib oʼtishgan.

— Oʼsha kezlarda Iroqqa parvozlar bekor qilingani bois, mashinalarda harakatlanishgan, — deydi Baas partiyasi aʼzosi Muhammad Al-Omar. — Pullarni turli yoʼllar bilan olib oʼtishgan. Mayda banknotalarni jomadonlarda, yiriklarini avtomobil eshiklariga yashirishgan. Yoʼnalish oddiy: avvaliga Suriya, keyin Kipr, u yerdan Moskvaga. «Kam» miqdorda (10-20 mln. dollar) olib oʼtishgan, lekin tez-tez. Baasda bunday kuryerlarni «tuya» deya atashadi. Iroq — naqd pullar mamlakati. Mosul shahrida bir dona ham bankomat yoʼq, Erbilda bitta bor, u ham boʼlsa mehmonxonada joylashgan. Pullarni qutilarda bir bankdan ikkinchisiga «oʼtkazishadi».

Yuqorida taʼkidlab oʼtilganidek, Saddam Husaynning oʼgʼillari (Udey va Kusey) 2003 yil 22 iyul kuni aynan Mosuldagi shayx Zeydan villasida oʼldirilgan. Ular Suriyaga qochishni rejalashtirgancha amerikalik harbiylar yonginasida 2 oy yashashgan. Lekin nima uchun bunchalik uzoq muddat? Koʼpchilikning ishonchi komil:

aka-ukalar chegaradan bir yoʼla 5 mlrd. dollarni olib oʼtishlarida yordam beradigan «ishonchli vakilarni kutishgan.

12 MLRD. DOLLАRLIK SАVOL

— Shayx Zeydan odamlarining aytishicha, bu «ishonchli vakil» rossiyalik siyosatchi yoki ishbilarmon boʼlgan, — deydi Muhammad al-Omar. — Ilgari u Udey va Kusey bilan yaqindan tanish boʼlgan. Bu odam kelmagan, lekin amerikaliklarga Saddamning oʼgʼillari qayerda berkinib yotgani haqida xabar yetkazilgan. Аjablanarli tomoni, keyin villadan pullarni topa olishmagan. Sariq chaqa ham.

5 yil mobaynida Saddam Husayn dollarlari xorij davlatlariga (birgina Rossiyaga emas, albatta) diplomatlar, ishbilarmonlar va siyosatchilar koʼmagida «oqqan». Ular albatta Husaynga boʼlgan cheksiz muhabbatlari bois bu xavfli ishga qoʼl urishmagan. «Erdam»lari uchun olib oʼtilgan pullarning 10 dan 30 foizigachasiga ega boʼlishgan. Iroqliklarning fikricha, Saddam Husayn Rossiya Federatsiyasiga 3 mlrd.gacha dollarni oʼtkazgan.

— Livanning «Аn-Naxar» Saddam yashirin tarzda Bayrutdagi koʼchmas mulkka mablagʼ sarflayotgani haqida xabar tarqatgandi, — deydi iqtisodchi Mishel Safir. — Livan — arab Shveytsariyasidir: mahalliy banklar sirlarni oshkor qilmaydi. Bayrutga Saddamning ikkinchi xotini Samira Shaxbandor tez-tez tashrif buyurib turgan. «Аn-Naxar»ning yozishicha, Husayn hashamatli turar joylar va kazino qurilishiga homiylik qilgan. Bundan tashqari, u Dubaydagi qurilish ishlariga ham mablagʼ sarflagan.

2002 yilda Saddam pullarini xorijga oʼtkaza boshlagan kezlari Moskva shahrida kvartiralar narxi va qurilish ishlari keskin ravishda oshdi. Qiziq bu shunchaki tasodifmi yoki… Buni aniqlash mushkul. Barchasi xujjatlarsiz amalga oshirilgan. Dollar solingan jomadonlar qoʼldan-qoʼlga oʼtgan, dalillar deyarli yoʼq. Endi 12 mlrd. dollarlik savol. 2008 yilda Rossiya aynan 12 mlrd. dollarlik Iroq qarzini kechib yubordi. Chunki mamlakat xarobaga aylangan, mablagʼ, qaytarishiga umuman umid yoʼq. Savol tugʼiladi: agar Rossiya hududidan Saddamning milliardlari topilib qolgudek boʼlsa, ruslar uni olib qolishga haqlimi?!

Previous Bil Geyts - jahon biznesi akulasining tarixi
Next Odam ko'rinishidagi hayvon - Xavfli qotil Аndrey Nikolaevich Yevseev

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *