Amerika qotillar «qirolichasi» — «Men hali qaytaman»


FQB agenti Robert K. Ressler (darvoqe, «Davomli qotil» atamasini aynan u oʼylab topgan) 1984 yilda davomli qotilliklar toʼgʼrisida maʼruza qila turib, shu tarzdagi jinoyatlarning 90 foizidan ziyodrogʼini erkaklar amalga oshirganini maʼlum qildi.

Eylin Uornes 1956 yil 29 fevrapda Michigan shtatining Rochester shahrida dunyoga kelgan. Balogʼatga yetmagan ota-onasi u tugʼilmasdan bir yil oldin ajrashib ketadi va natijada, yosh ota voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkanlikda aybdor, deb topilib, ozodlikdan mahrum etiladi. Qamoqxonadagi qiyinchiliklarga chiday olmagan oʼsmir oʼzini osib qoʼyadi. Shundan soʼng, onasi Eylinga oʼz familiyasini berishga majbur boʼladi. Qizcha olti oylik boʼlganida, onasi uni buva va buvisiga qoldirib, qochib ketadi…

Eylin 13 yoshida nikohsiz farzand bilan uyga kirib kelganida, buva- buvisi uni quvib solishadi. Shu tariqa, u bir umrlik darbadarlikni tanlab, fohishalik va kissevurlik qilib hayot kechirishni boshlaydi. Floridaga yoʼli tushganida, bu yerda 70 yoshli biznesmen bilan tanishib, unga turmushga chiqadi. Аmmo ularning nikohi uzoqqa choʼzilmaydi. Biznesmen bir oydan soʼng xotinining piyonistaligi va zoʼravonligini roʼkach qilib, ajrashish uchun sudga ariza beradi- Bir sentsiz qolgan Eylin yana eski «kasbi»ga qaytadi . Shu orada u qasdxam qilib koʼradi, ammo shifokorlar uning hayotini asrab qolishgach, 1979 yilda qurollangan jinoyatchilar bilan doʼkonlarga bosqinchipik uyushtirishga oʼtadi. Sal koʼp oʼtmay, hibsga olinadi.

Uning qamoqxona va ozodlik oʼrtasidagi «serqatnov» davri aynan mana shu yerdan boshlanadi. Bir necha marta «oʼtirib» chiqishga muvaffaq boʼlgan Eylin endilikda oʼz ishiga puxta boʼlishni oʼrganib olgandi. U bundan buyogʼiga politsiya mahkamalarida oʼzini turlicha ismlar bilan tanishtira boshlaydi.

Oʼttiz yoshida Eylin sevikli insoni boʼlmish -Tiriya Mur ismli ayolni uchratadi.

Va xuddi shu davrdan katta hajmdagi jinoyatlarga qoʼl ura boshlaydi. Jinoyatlarni dadillik ila amalga oshirishda 22-kalibrli toʼpponchaning oʼrni beqiyos edi. 1989 yilning 30 noyabrida Eylin avtotrassa yonida joylashgan avtomobil taʼmirlash usta xonasi egasi, 51 yoshli Richard Melorini qarmogʼiga ilintirdi. Richardning «Kadillak» rusumli avtomobili ertasi kuni Ormond dengizi boʼyidan topiladi. Voqea yuz bergan kundan 20 kun oʼtgach, 95-magistral chetida joylashgan axlatxonadan metallolom axtarib yurgan ikki oshna gilamga oʼralgan jasadga duch kelishadi. Bu Eylin Uornesning birinchi ogʼir jinoyati edi. U qotillik toʼgʼrisida maʼshuqasiga gapirib berganida, Tiriya: «Bu hakda eshitish- ni ham istamayman»,-deb javob qaytaradi. Tiriya Eylindan qoʼrqqani bois bu jinoyat toʼgʼrisida politsiyaga xabar berib oʼtirmaydi. 1990 yilning iyunida savdo flotining sobiq dengiz xizmatchisi Piter Sims kulrang «Pontiak» rusumli avtomobilda Floridadan Аrkanzasga otlangancha, dom-daraksiz yoʼqoladi. Iyul oyida esa Oranj Spring shaharchasiga yaqinroq joyda mahalliy hindu ikki ayolning «Pontiak» dan tushib, oʼrmon chetida janjallashishayotganiga guvoh boʼladi. Hindu ularga oʼz yordamini taklif etadi (ayollardan birining yelkasida qon izlari boʼlgan), lekin ayollar oʼning taklifini rad etishadi. Bundan shubhaga tushgan hindu zudlik bi lan sherifga qoʼngʼiroq qilib, ayollar minib yurgan mashina Simsga tegishli ekanligini maʼlum qiladi. 1990 yilning 30 iyulida kolbasa tashuvchi yuk mashina haydovchisi ishga ketganicha, uyiga qaytmaydi. Uning ikki oʼq taʼsirida jon taslim qilgan jasadini Okala milliy xiyoboniga dam olgani kelgan oila topib oladi. 11 sentyabr kuni alabamalik isteʼfodagi sherif oʼz ishlari boʼyicha Floridaga ketgancha qaytmaydi. Uning jonsiz tanasi ertasi kuni topiladi. Barcha qurbonlar oʼrta yoshli erkak jinsidagi yolgʼiz haydovchilar boʼlishgan. Ular Eylinni manziliga yetkazmoqchi boʼlishgan, lekin ming afsuski, ularning oʼzlari «soʼnggi» manzilga kuzatib qoʼyilgan. Bu ish boʼyicha tergov olib borgan kapitan Stiv Binegar bir xil yoʼsinda amalga oshirilgan qotilliklar fohisha ayol tomonidan amalga oshirilgan taxminni ilgari suradi. U buzuq «Pontiak» avtomobili yonida hindu bilan suhbat qilgan ayollardan biri qotil boʼlgan, degan gumonga boradi. Matbuotda qotillarning taxminiy fotosuratlari chop etiladi. Dekabr oyida Tampalik bir ayol Okala shaharchasi atrofidagi motellaning birida gazetada chop etilgan suratdagi kimsalarga oʼxshab ketadigan ikkita yengiltak ayol — Tiriya Mur va Syuzen Blaxoveyupar yashayotgani haqida xabar qiladi. Tergovchilar ushbu juftlikning oʼz ismlarini oʼzgartirgan holda boshqa turar-joylarda ham vaqtincha istiqomat qilishganini aniqlaydi.

Eylin 1991 yilning 9 yanvarida «Soʼnggi qadamjo» barida qoʼlga olindi. 1993 yilning fevralida esa oliy — jazo oʼlimga mahkum etildi. Аmmo hukm toʼqqiz yildan keyin ijro etiladi.

2002 yilning 9 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:30 da Eylinning venasiga zaxar joʼnatiladi. Qotillar «qirolichasi» oʼz oʼlimi oldidan «Men hali qaytaman» deya qichqirgan…

Previous Odam ko'rinishidagi hayvon - Xavfli qotil Аndrey Nikolaevich Yevseev
Next Avstraliyalik fotograf o'nlab yillar davomida sirli okean to'lqinlarni suratga oldi. Mana uning eng ta'sirli fotosuratlari.

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *