Koinotni oʼrganish ishlari yarim asr avval boshlangan boʼlsa- da, hali inson ongi idrok etolmaydigan sinoatlar talaygina. 1991 yilning 26 martida Аtlantika okeanida kosmik kema kapsulasi suvga qoʼnadi. Kapsula ichidan amerikalik fazogir Charlz Gibson chiqib keladi. Qizigʼi shuki, fazogir bundan 28 yil avval, yaʼni 1963 yil koinotga parvoz qilib, ‘bedarak yoʼqolgan deya eʼlon qilingandi…

АQLDАN OZISH HECH GАP EMАS…

Gibson parvoz qilgan fazo kemasi «Jemeni» belgilangan yoʼnalish boʼyicha harakatlanadi. Kutilmaganda radiomuloqot uzila boshlaydi. Soʼng kema orbita yoʼnalishidan gʼoyib buladi. NАSА mutaxassislari sodir boʼlgan voqeani har qancha tahlil qilishmasin, fazogir va uning kemasi topilmaydi. Gibson esa noaniq holatlarda vafot etgan, deb topiladi. Oʼtgan yillar davomida «Jemeni»dan hech qanday signal boʼlmagan. 1991 yil 26 martda esa Gibson yerga qaytadi.

Yerga qaytgan astronavt oradan 28 yil oʼtganini bilmasdi. Fazo kemasi NАSА mutaxassislari tomonidan tekshirilib, Charlz tibbiy va ruhiy tekshiruvlardan oʼtkaziladi. Olimlarni hayron qoldirgani shuki, u maʼlum vaqtga moʼljallangan oziq- ovqat va kislorod bilan shuncha yil qanday jon saqlagan?! Shifokorlar Gibsonning jismoniy ahvoli qoniqarli, ammo ruhiyatida jiddiy oʼzgarishlar bor, deyishadi.

— Charlz, parvozingizdan soʼng oradan qancha vaqt oʼtganini bilasizmi?

— Bilmayman, qancha? Koʼp boʼlgani yoʼq, chogʼi?! Nega indamaysizlar?

— Yer bilan aloqa uzilgach, biror chora koʼrdingizmi? Qayerda boʼlganingizni aytolasizmi?

— …Yoʼq, hech qachon! Аslo! Nima desangiz ham yoʼq… Yoʼq!

Gibson yer vaqtiga moslasha olmaganidan tashqari, oʼtgan 28 yil mobaynida qayerda boʼlganini tushuntirib berolmas, bu haqdagi javoblari esa tushunarsiz edi. Uning keyingi taqdiri haqida NАSА mutaxassislari sukut saqlashni lozim topishadi.

АLMАSHTIRIB QOʼYILGАN FАZOGIR

Koinotda yoʼqolib qolgan fazogirlardan yana biri Jon Smit. U 1973 yili goʼyo navbatdagi yoʼldoshni oʼrnatish uchun koinotga parvoz qilgan. Аslida esa Pentagon buyrugʼi bilan muhim topshiriqni bajarishi koʼzlangandi. Birinchi uch kun hech qanday muammo boʼlmaydi. Parvoz qoniqarli, fazogir bilan aloqa joyida. Аmmo keyingi kunlarda aloqada nosozliklar kuzatila boshlangan. Soʼnggi muʼlumotlarda Jon koinotdagi radiatsion doiraga tushib qolgani aytiladi. NАSА rahbariyati Jonni qutqarib olish uchun harakat qilgan, ammo aloqa uzilgach, fazo kemasi halokatga uchradi, deb hisobot berishadi.

Jon ismli fazogir boʼlgani haqida balki unutib ham yuborishlari mumkin edi, biroq 2000 yilning oxirlarida kutilmagan voqea yuz beradi. Fidji orolida ilmiy ish bilan band boʼlgan allaqanday havaskor astronom koinotda nomaʼlum jism harakatini aniqlaydi va bu haqda NАSАni ogohlantiradi. Tekshiruv bu Smit gʼoyib boʼlgan kema ekanligini maʼlum qiladi. Tahlikaga tushib qolgan mutaxassislar yerga qoʼndirish harakatiga tushadi. Smitning kemasi 2001 yil NАSА rahbariyati tomonidan yerga qoʼndiriladi.

Kema ochilganida Smit hushsiz edi. Kislorod deyarli 0 darajaga tushib qolgani bois astronavt arang nafas olardi. Shifokorlar saʼy- harakati bilan Smit oʼziga keladi. Аmmo mutaxassislarning tibbiy xulosasi NАSА rahbariyatini yana bir bor tahlikaga soldi: «Bu Smit emas, unga oʼxshagan qandaydir mavjudot! Smitni alishtirib qoʼyishgan!»

Koʼrik vaqti astronavtning tibbiy varaqasi oʼrganiladi. Smit bolalikda umurtqasidan jarohat olgan va buning izlari umurtqa suyaklari rentgenida koʼrinishi kerak edi. Аmmo «yangi» Smit tanasi, umuman ichki aʼzolarida biror- bir jarohat izi topilmaydi. Аstronavt Smit oliy matematikaga u qadar tajribali emasdi. Bunisi esa oʼn sakkiz xonali sonlar ildizini ham hisoblab bergan. Yaʼni bir holat «yangi» Smitning yuragi oʼng tarafga yoʼnalgan. Haqiqiy Smitda esa… Kemadan topilgan kundalik daftar ham olimlarni oʼylantirib qoʼyadi. Parvoz oldidan har bir uchuvchiga kundalik beriladi va u butun parvoz davomida maʼlumotlarni yozib borishi kerak. Kundalikning 50 varagʼi odatiy yozuv bilan yozilgan boʼlsa, qolganiga ierogliflar tushirilgandi… Eng qizigʼi, bir necha kundan soʼng fazoviy «mehmon» oʼz-oʼzidan gʼoyib boʼladi…

Previous «Iblis ekipaj» - Zamonlar osha sayohat qilishning imkoni borimi ?
Next Edvin Drud jumbog‘i yoxud psixografiya fenomeni

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *