Edvin Drud jumbog‘i yoxud psixografiya fenomeni


Neapol universitetining parapsixologiya kafedrasi mutaxassislari Lukka shahrida istiqomat qiluvchi 35 yoshli Anna Pyamanchi bilan yuz bergan antiqa hodisani o‘rganishmoqda…



Qizning ota-onasi bir necha yil muqaddam vafot etgan bo‘lib, turmushi davomida kechgan qiyinchiliklar Annani o‘z joniga qasd qilishga undagan. Biroq qo‘lida idish to‘la zaharni ichib ulgurmay, to‘satdan hushini yo‘qotadi. Keyinchalik Annaning aytishicha, u behush holida onasini ko‘rgan. Onasi unga: «Qizim, to‘xta! Qo‘lingga qalam ol, hikoya qilinganlarni yoz!» degan.
Anna hushiga kelib qo‘liga qalam olishi bilanoq nogahon: «Men — Robert. Avtohalokatda vafot etganman. Biz tengqurmiz», deb yozadi.
Anna shu yo‘sinda Robert bilan besh oy davomida muloqot qilgan. Eng ajablanarlisi esa yozuvlarni Anna qog‘ozga tushirayotganligiga qaramasdan, husnixat Annanikidan mutlaqo farq qilgan. Bu Robertning xati ekanligini esa marhumning ota-onasiyu rafiqasi ham tasdiqlagan. Anna ularni Robert bayon qilgan manzil orqali topgan.
Bu sirli fenomenni olimlar psixografiya yoki avtomatik yozuv deb atashadi. Biroq bu holatlarning aksar qismi XIX asrga to‘g‘ri keladi.
Ba’zi mualliflar o‘z asarlarini trans holatida yozganligini ta’kidlashadi. Masalan, shoir Uilyam Bleyk o‘zining «Milton» va «Quddus» she’riy asarlarini alaqanday ruh ta’siri ostida yozganligini aytadi .
Bu holatga sabab bo‘luvchi omillar bugunga qadar ham insoniyatga ma’lum emas . Ba’zi tadqiqodchilar uni qachonlardir unutilgan ma’lumotning esga olinishi deb hisoblashadi . Biroq bu farazlarning noto‘g‘ri ekanliginini bir qancha holatlar isbot etmoqda .

«Titanik» halokati bashorati

«Titanik» halokati bashorati Yozuvchi Morgan Robertson hayotining aksar qismini dengizda o‘tkazib, keyinchalik Nyu-Yorkda taniqli yozuvchilardan biriga aylangan va ko‘plab kitoblar nashr etgan. Intervyularining birida u muxbirlarga tasodifan kitob yoza boshlaganini aytgan. Buni qarangki, Morgan sayohati chog‘ida uyiga xat yozishga shaylanar ekan,uni bitkazib, uyquga ketadi. Erta tongda esa o‘zi bilmagan holda xat o‘rniga hikoya yozganligini ko‘radi. Buning qanday ro’y berganligini Robertson tushuntira olmagan. Biroq hikoya mo‘maygina haq uchun tahririyatga sotiladi. Uning ish jarayoniga e’tibor bering , Morgan ijodini boshlashdan oldin kunlab, soatlab yozuv mashinkasi oldida o‘tirar ekan, so‘ng trans holatiga tushib, to‘g‘ri kelgan tugmalarni bosaverar natijada yangi hikoya yaralarkan.
«Titanik» fojiasidan 14 yil muqaddam Roberson Titan halokati kitobini yozgan .
1912 yilga kelib asarda bayon qilingan barcha hodisalar anik Titanik kemasi halokatida o‘z aksini topadi.

Edvin Drud jumbog‘i

Charlz Dikkens o‘zining , Edvin Drud jumbog‘i so‘nggi romanini o‘z nihoyasiga yetkazib ulgurmay jon bergan. Shu sababli asarning atigi 6 qismi , nashr etilgan bo‘lib, muallifning asarga qanday yakun bermoqchi bulgani kitob ixlosmandlariga jumboqligicha qolgan.Oradan 2 yil o‘tib,
Angliya tahririyatlaridan birida ishlovchi Jeyms ismli yigit boshlig‘i huzuriga kirib, shaxsan Dikkensning bayoni asosida asarni yakunlashga muvaffaq bo‘lganini aytgan. Maktabning atigi 5-sinfini bitirgan yigitchaning ishi hammani hayratga solgan. Uzoq ikkilanishlardan so‘ng esa asar yakuni nashrga berilgan. Adiblar asar Dikkensning yozish uslubida bitilganini tan olishgan. Jeyms esa qaytib o‘zini adabiyot olamida namoyon eta olmagan.

«P-101» halokati

1930 yilda Britaniyaning ruhiy tadqiqotlar laboratoriyasida jurnalistlar iltimosiga ko‘ra spiritik seans o‘tkazilgan bo‘lib, uning ishtirokchilari Artur Konan Doylning ruhini chaqirmokchi bo‘lishgan.
Irvin Koster ismli muxbirning aynan shu jarayon yoritilgan maqolasiga nazar tashlasak ma’lum bo‘ladiki, unda allaqanday ruh o‘zini aviatsiya kapitani Karmaykp deb atagan. Chaqirilmagan mehmon bir hafta oldin sodir bo‘lgan «R-101» dirijabli halokatini batafsil aytib bergan. Bu suhbat tezda mahalliy gazetalar sahifalarida yoritilgan. Ikki kun o‘tib esa «R-101» yaratilishi loyihasida qatnashgan muhandis, janob Charlton laboratoriyaga tashrif buyurgan. U suhbatning to‘liq shaklini ko‘rsatishlarini so‘ragan. Uni batafsil o‘rgangach esa suhbatda faqatgina ushbu loyihada qatnashgan mutaxassislarga ma’lum samolyotning 47 ta detali nomlanishi va ishlash mexanizmi keltirilganligini ko‘rgan.
Olti oy o‘tib esa «R- 101» halokati sabablari tadqiqoti bilan shug‘ullangan maxsus komissiya suhbatdagi barcha detallar ularning xulosalariga mos kelayottanini aytishgan.

Previous NАSА bizdan nimalarni sir tutadi ? 28 yildan so’ng yer shariga qaytgan fazogir
Next G‘ayrioddiy to'tiqush olimlarni lol qoldirdi ...

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *