Siz bilmagan klaviaturadagi 7 ta ajayib kombinatsiyalar


Deyarli har birimiz, xoh u Windows bo’lsin, xoh Mac , kompyuterni yaxshi bilamiz deb o’ylaymiz . Huffington Post bu borada 99% kompyuter foydalanuvchilar adashishi haqida yozadi.

Oramizdan ko’pchiligimiz hotto eng oddiy klaviatura kombinatsiyalar bilmasligimiz ish faoliyatimizning sustlashishiga olib keladi. Haqiqat shundaki, ko’pgina kompyuter foydalanuvchilar ctrl+c и ctrl+v kombinatsiyasidan boshqa narsani bilishmaydi

Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki (va har qanday dasturchi bu fikrni tasdiqlaydi) qisqa klaviatura kombinatsiyalar ish samaradorlik tezligini bir necha bor oshirishi mumkin!

Mana o’sha asosiy tezkor tugmalar . Sizni ishontirib aytamizki: ular haqiqatan ham minglab ish soatlarni qisqartiradi!

#1 Agar siz tezlik bilan ish joyingizni tark etishingiz kerak bo’lib qolsa, kompyuterni qanday qulflash kerak?

Faraz qilamiz siz ham kofe tayyorlash uchun o’rningizdan turdingiz, va boshlig’ingiz siz tarafga qarab kelmoqda. Albatta xo’jayiningiz monitoringizdagi siz kirgan saytlarni ko’rishini xohlamaysiz.

Ushbu tezkor tugmalar birikmasi darhol kompyuteringizni qulflaydi va siz o’z tanaffusingizdan to’liq zavqlanishingiz mumkin:

 Windows : «Пуск«(chap,pastki ikkinchi) knopkasi + L

Mac : Cmd + Alt + Eject.

#2 Qanday qilib darhol tasodifiy yopilgan sahifani ochish mumkun?

Afsuski, bu tez-tez sodir bo’lib turadi : ba’zan brauzerdagi oynalarni tasodifan yopib qo’yishimiz natijasida kerakli sahifar ham o’chib ketadi. Buni sahifa tarixida qidirishning o’rniga, sehrli va tezkor tugmalar birikmasidan foydalaning :

Windows: Ctrl + Shift + T
Mac: Command + Z (Safari) va Ctrl + Shift + T ( Google Chrome).

#3 Agar kompyuterim qotib qolsa nima qilishim kerak?

Ko’pincha Photoshopda o’tirganingizda butun kompyuter bir deganda qotib qoladi , va kompyuteringiz hech qanday harakatsiz muzlab qoladi . Odatda, foydalanuvchilar darhol qayta ishga tushirish uchun Ctrl + Alt + Del tugmachalarini bosishadi. Ammo bundanda yaxshiroq yechim bor .

Qisqa klavishlardan foydalanganda yaxshiroq yechim: bu faqat bitta yoqimsiz dasturni o’cirishga yordam beradi:

Windows: Ctrl + Shift + Esc
Mac: Cmd + Option + Shift + Esc.

#4 Qanday qilib ekrandagi oynalarni tez o’zgartirish mumkun ?

Siz hali ham bitta oynadan ikkinchisiga o’tish uchun sichqonchadan foydalanyapsizmi? Uh … Aslida, hammasi juda sodda.

Windows: Alt+Tab
Mac: Cmd + Tab

#5 Tezda sahifaning manzilini saqlash kerakmi?

Amaliyot shuni ko’rsatadiki, bu kombinatsiya sizga millionlab daqiqalarni tejashga yordam beradi.

Windows: Alt + D
Mac: Cmd + L

#6 Agar RAHBARINGIZ orqa tomondan kelib qolsa nima qilish kerak?

Siz shunchaki ishlash vaqtida dangasalingiz tutib qoldi . Qanday qilib tezkor o’zingizni ishlayotgan mehnatkash kabi ko’rsatish mumkin?

Ushbu kombinatsiyalar brauzer oynalarini tezda yo’q qiladi va Word yoki Excel ekraniga qaytadi:

Windows: Windows + D
Mac: Fn + F11

Ko’pincha ekranda biron bir narsani ko’rsatish kerak bo’lganda, barcha Windows foydalanuvchilari «Print Screen» ni bosish uchun foydalanadilar. Ekranda haddan tashqari ko’p narsa ochilishi va rasmni kesish uzoq va charchoqli bo’lishi mumkin.

Bu tugmalar orqali faqat sizga kerak bo’lgan narsalarni ajratib ko’rsatish mumkun:

Windows: Alt + Print Screen
Для Mac: Cmd + Shift + 3 (skrinshot faylga joylashtiriladi), Ctrl + Shift + Ctrl + 3 (skrinshot clipboardga olinadi),

Xo’sh, ushbu kombinatsiyalar sizga ma’qul keldimi? Faqat bu men hohlagan narsa bu emas, deb aytmang!

Previous Dunyo bo'ylab siz ko'rmagan 10 ta eng kichkina xonadonlar
Next Sayyoramizdagi global o‘zgarishlarni aks ettiruvchi 7 ta fotosurat

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *