Va nihoyat tarixning g’ayrioddiy sirlari oshkor bo’ldi


Tarixda uzoq vaqt davomida hech kim tushuntirub bera olmaydigan sirlar ko’p. Ammo oxir-oqibat, olimlar ulardan ba’zilariga yechim topishga muvaffaq bo’lishdi.

#1 Nazkaning yo’q bo’lib ketgan sivilizatsiyasi

Qadimiy Nazka aholisi cho’lda qoldirgan ulkan rasmlari tufayli, Nazkaning o’ziga xos madaniyati bo’lganligini bilib olishimiz mumkun. Ammo bu g’ayrioddiy va ulkan chizmalar qanday yaratilgan ? Shu kungacha ushbu mashhur chizmalar o’zga sayyoraliklar tomonidan yaratilgan degan noaniq taxminlar mavjud edi. Olimlar chizmalarni o’rganish natijasida aholisi bu hududda ma’budlar bilan aloqa qilish maqsadida chiziqlar bo’ylab harakatlanishganligini aniqlashdi.

Ilgari Nazka sivilizatsiyasi sirli tarzda yer yuzidan g’oyib bo’lganligi barchani hayratlantirar edi. Ammo yaqinda Kembrij universiteti tadqiqotchilari mahalliy aholi qurg’oqchilik sababli bu hududni tark etishgaligini isbotladilar.

#2 Pasxa orolidagi haykallar

Afsonaviy Tur Heyerdal Pasxa oroli va uning tosh butlari sirlarini orolni o’rganish jarayonida ochgan. U qazish ishlarini boshlab yubordi va Moai deb atalmish toshlar nafaqat inson boshi, va balki tanalar ham bo’lib, ba’zan ularning balandligi 6 metrga yetganligini aniqlagan.

Eksperiment vaqtida u haykallarni o’sha davr odamlariga ma’lum bo’lgan vositalar yordamida yaratilishi mumkinligini isbotladi.

#3 Chilidagi kitlar qabristoni.

Chilidagi Atakama cho’lida kitlarning ulkan qabristoni mavjud. Dastlab, olimlar kitlar u yerga qanday kelib qolganligi va o’lim sabablarini tushunolmadilar, ammo keyin qoldiqlar turli davrlarga tegishli ekanligi aniqlandi. Eng yosh Kit 20 000 yil oldin yashaganligi ma’lum bo’ldi!

Ko’p o’tmay, dengiz gigantlarining o’limi zaharli suv o’tlari gullashi tufayli sodir bo’lganligi aniqlandi.

#4 Odisseyning sirli yozuvli nusxasi.

Gomerning «Odisseya» asarining 500 yillik notanish tildagi g’alati nusxasi topilgan. Italiyalik Daniele Metilli va Julia Achetta ushbu nusxada ishlatilgan til Jan Koulomb de Teveno ixtiro qilgan stenografiyaning maxsus shakli deb bilishadi.

Ammo so’nggi texnologiyalar yordamida matnni obdon tahlil qilinishi natijada bu shunchaki yunon tilidan frantsuzchaga tarjima nusxasi ekanligi ma’lum bo’ldi.

#5 Florida shtatidagi qora tuynuk.

Florida shtatining Tallaxasey shahri janubida joylashgan Osilla daryosida arxeologlar qora tuynukni topdilar. tuynuk shu qadar qorong’i ediki, arxeologlar ichiga kirishga jur’at etolmadilar.

Ammo yaqinda Florida shtat universiteti professori Jessi Xalligen qora tuynukni tekshirishga qaror qildi . Shavvozlar qora tuynukdan inson qurollarini topishdi. Bu kabi mehnat qurollari yaqin atrofda ham topilgan. Ushbu topilmalar Florida shtati hududida birinchi odamlar olimlar o’ylagandan ancha oldin paydo bo’lganligi ishora qilmoqda.

#6 Qadimgi yunon kompyuteri

Dunyodagi birinchi kompyuter, miloddan avvalgi 80-50 yillarda cho’kkan kema qoldiqlari orasida topilgan Antikoterapiya mexanizmi hisoblanadi. Qurilma metalldan yasalgan. Bir vaqtlar yog’och qutiga solingan moslama allaqachon tanib bo’lmas darajada zanglagan.

Biroq, olimlar oxir-oqibat «kompyuter» nima maqsadda yaratilganini aniqlay oldilar. Bu birinchi navigatsiya vositalaridan biri edi . keyingi analog faqat ming yillardan keyin paydo bo’ldi!

#7 Kambises II ning yo’qolgan armiyasi.

Fors shohi Kambis II II qo’shini miloddan avvalgi 524 yilda habashistonliklarga qarshi yurish boshlaydi. 50 mingdan ortiq askarlar vohani zabt etish uchun yo’lga chiqishgan, ammo ularning barchasi g’ayrioddiy tarzda izsiz yo’q bo’lib ketishgan.

Bir necha yil oldin olimlar Angelo va Alfredo Kastiglioni hudududidan afsonaviy armiya qoldiqlarini topdilar. Askarlar hech qayerga g’oyib bo’lmaganlar, ular o’sha vaqtdagi kuchli qum bo’roni natijasida halok bo’lishgan.

#8 Rim Britaniyasi va Boshemiya boshi.

Boshemiya boshi — bu Angliyaning Boshem qishlog’ida topilgan mashhur artefakt hisoblanadi. Topilma tarixi uzoq vaqt sir bo’lib kelgan. Qariyb ikki asr davomida 160 kilogrammlik toshning boshiga olimlar tarif bera olishmagan.

Lazer yordamida skaner qilish natijasida bosh Rim imperatori Trayanning ulkan haykaliga tegishli ekani aniqlandi. Ma’lumki, bu haykal bir marta Chichester ko’rfazida dengizchilar tomonidan ko’chirilgan. Bosh Rim Buyuk Britaniyasining eng qadimiy yodgorliklaridan biri hisoblanadi.

#9 O’lim vodiysidagi harakatlanuvchi toshlar.

Kaliforniya shtatidagi O’lim vodiysida toshlarni ko’rgan odamlar hayratdan yoqa ushlashadi .Boshqa tarafga qarashingiz bilan toshning o’zi boshqa tomonga siljiydi!

Ralf Lorenz qishda toshlar atrofida muz qobig’i hosil bo’lishini isbotlamaguncha, bu hodisa uzoq vaqt davomida tushunarsiz bo’lib qoldi. Muz erib borar ekan, toshlar shamollar ta’sirida yerda suzadi.

#10 Richard III ning yo’qolgan tanasi.

Ingliz qiroli Richard III monastirda maxsus seremoniyasiz dafn qilingan. Tarixchilar monastir xususiy mulkka aylantirilgan vaqtda uning qabri vayron qilib, tanasi daryoga tashlab yuborilgan degan xulosada edi.

Biroq, Lester universiteti olimlari qazish ishlarini olib borish vaqtida qirol qabrni topishgan. DNK tahliliga ko’ra , qoldiqlar Richard III ga tegishli.

#11 «Mariya Selest» ning yo’qolgan jamoasi.

Mashhur «Mariya Selest» kemasi 1872 yilda hech qanday zararlarsiz va bortida birorta ham odamsiz topilgan. Ko’p yillar o’tgach, kimyogar Andrea Sella nima bo’lganini tushuntirish uchun tajriba o’tkazdi.

Kema bortida 1700 barrelga yaqin alkogol borligi, yong’in yoki ko’rinmas portlashga olib kelishi mumkin edi. Sovuq havo to’lqini olov devorining yorib o’tib, hech qanday o’t va kulni qoldirmagan. Ehtimol, kema ekipaki kemadan chiqib, dengizda vafot etgan bo’lishi mumkun.

#12 Qadimgi Misr vertolyoti.

Misrdagi Abidos shahridagi Osiris ehromi ierogliflari butun dunyoga mashhur . Ularda tank, vertolyot va samolyotni tasvirlashgan. Qadimgi misrliklar bunday bilimlarni qayerdan olishgan degan savol tug’iladi …

Qayta tiklashdan so’ng, asl ierogliflar ko’rinishi boshqachaekanligi aniqlandi — elementlar asrlar davomida yo’q qilinganligi sababli ierogliflar ko’rinishi o’zgargan .

Previous Dunyo tarixidagi eng qiziqarli 33 ta erkaklar ro'yxati
Next Fashistlar itlarga yozishni, o'qishni va gapirishni o'rgatishga harakat qilishgan, natijada ....

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *