Fashistlar itlarga yozishni, o’qishni va gapirishni o’rgatishga harakat qilishgan, natijada ….


Tarixning noaniq sahifalari.

Adolf Gitler vaxshiyligi bilan nom taratganiga qaramay, u itlarni juda yaxshi ko’rgan va deyarli imkonsiz bo’lgan rejani amalga oshirish topshirig’ini bergan.

Fyurrer barcha zotdor itlar ichida nemis cho’pon itini afzal ko’rar edi — hatto uning Blondi ismli iti bo’lganligi tarixdan ma’lum. Gitlerga ushbu itni Martin Bormann sovg’a qilgan.

19-asrning 30-yillaridan boshlab Adolf Gitler Germaniyadagi «Tiersprechschule Asra» nomli maxsus itlar maktabiga homiylik qila boshlaydi. Ushbu muassasada mutaxassislar hayvonlarga gapirish, o’qish va yozishni o’rgatish vazifasi qo’yilgan edi. Shuningdek, hayvonlarda she’riyat va san’at asarlari haqidagi tasavvurlarini rivojlantirishga harakat qilishgan. Germaniyadagi eng zotdor itlar ushbu muassasada tahsil olishgan. «Tiersprechschule Asra» Ikkinchi Jahon Urushining so’ngi kunlarigacha o’z faoliyatini yuritgan .

Tabiiyki, hayvonlarga o’qish va yozishni o’rgatish g’oyasi o’zini yoqlamadi, ammo shunga qaramsdan ma’lum yutuqlarga erishdi. «Tiersprechschule Asra» maktabi Margaret Shmidt tomonidan tashkil etilgan bo’lib va Adolf Gitler tomonidan homiylik qilingan, u o’rgatilgan itlar dunyoni zabt eta olishi mumkunligiga shubha qilmagan.

Eng muvaffaqiyatli bitiruvchi itga «Main Furer» ismi berilgan. Aytishlaricha u «Adolf Gitler kim?» degan savolga javob bera olgan.

Fyurerning eng sevimli iti, Blondie, gapirishni o’rgana olmadi, ammo u o’qish jarayonida sezilarli yutuqlarga erishdi. Umuman olganda, fashistlar aqlli itlar g’oyasini muvaffaqiyatsizlikka uchraganiga qaramasdan, ushbu g’oyani eng so’ngi damlargacha to’liq qo’llab-quvvatladilar. Hatto hayvonlarga yomon muomalada bo’lganlar uchun 2 yil qamoq jazosi ham tayinlangan.

Gitlerning sevikli ayoli Eva Braunda uchta zotdor iti bo’lgan. Ulardan biri, Rolf , «Tierprechschule Asra» maktabida misli ko’rilmagan yutuqlarga erishdi: u panjalari orqali harflarga ishora qila olar edi (ma’lum miqdordagi taqillatish, ma’lum bir harfni anglatadi), ishonish qiyib bo’lsada Rolf she’riyat va hatto falsafa haqidagi o’z fikrlari bilan o’rtoqlasha olgan. Shuningdek itga chet tillarini ham o’rgatishga harakat qilishgan .

Don laqabli it esa inson ovozini to’liq qaytara olganligini aytishadi. hatto bir marta it nemis tilida shunday degan ekan: “Ochqoldim! Menga pechene bering! ”

«Courvenal» laqabli it ma’lum miqdordagi baqirishlar orqali harflarni ishora qilgan emish. Hayvonning shaxsiy biografi hatto it Hindenburgga ovoz berishni xohlashini yozgan.

Maktabda, shuningdek, odam va it o’rtasidagi telepatik aloqalar ustidan ham tajribalar o’tkazilgan.

Oxir oqibat, maktab moliyalashtirish to’xtalishi sababli yopildi …

Siz bunday tajribalar haqida eshitganmisiz?

Previous Va nihoyat tarixning g'ayrioddiy sirlari oshkor bo'ldi
Next Tarixdagi 9 ta eng g'alati o'g'irliklar

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *