Tarixdagi 9 ta eng g’alati o’g’irliklar


Har qanday odam o’g’irlik yomon odat ekanligini tushunadi. O’g’irlik qilish ma’naviy va huquqiy tomondan salbiy oqibatlarga sabab bo’lishi mumkun , deb yozadi List Verse nashriyoti.

Ammo bu haqda qancha gapirmaylik, o’g’rilik va talonchilik hali ham gullab-yashnamoqda, natijada jamiyat uchun juda ko’p muammolarga sabab bo’lmoqda.

Odatda do’konlarda nima o’g’irlanadi? Pomada, libos yoki zargarlik buyumlari. Bu kabi o’g’irliklar asosan kleptomaniaklar tomonidan amalga oshiriladi. ularga bu ish ma’lum bir zavq bag’ishlaydi.

Ammo biz tushuntirib bera olmaydigan o’g’rilar toifasi ham bor. Ushbu 25 ta o’g’ri juda g’alati narsalarni o’g’irlashga bel bog’lashgan .

#9 Plyajning bir qismi.

2008 yilda Yamaykada plyajning bir qismi (aniqrog’i bir necha tonna qum) o’g’irlangan. Taxminan 500 ta yuk mashinalari «Coral Spring» plyaji hududini tark etishadi. Politsiya hali ham qumli qirg’oqni kim o’g’irlab ketganligini aniqlay olmadi.

#8 Albert Eynshteynning miyasi.

Olimning bosh chanog’i Prinston kasalxonasida patolog Tomas Xarvi tomonidan ochilgan.

Doktor buyuk olimning miyasini butkul o’rganish Eynshteynning o’zi vasiyatiga asosan qilinganligiga amin edi. Keyinchalik uning harakatlari o’g’irlikda ayblandi .

#7 Dinozavr

Dinozavrlar qoldiqlari savdosi qora bozorda juda chaqqon. 2010 yilda Florida shtatidagi Erik Prokopi haqiqiy tarbosaur (tirannosaurusning qarindoshi) skeletini Mo’g’ilistondan olib qochish uchun soxta hujjatlar tayyorlaydi , uni Manxettendagi xaridorga million dollarga sotishni rejalashtirgan. O’g’irlik Kvinsdagi FQB agentlari ishtirokida oldi olindi.

#6 To’liq yukli neft tankeri.

Bir yarim yil ichida Somali qaroqchilari 3 ta neft mahsulotlarini olib ketayotgan tankerlarni tortib olishgan. Yuk kemalari Nigeriya harbiylari himoyasiga topshirgan edi, ammo hatto bunday katta himoya tankerlarni o’g’irlashdan saqlab qola olmadi.

Nigeriya harbiy-dengiz kuchlari jinoyatchilar bilan aloqada bo’lishi mumkin degan versiya ham mavjud. Qanday bo’lmasin, armiya uchun qaroqchilarga mag’lub bo’lish sharmandalik demakdir.

#4 Mashhur Amerika osmono’par binosi «Empire State Building»

2008 yilda «The New York Daily News» shahar arxiv hujjatlar bo’limidagi ahvol qanchalik yomon bo’lganligini ko’rsatish uchun kulgili materiallarni nashr etdi.

90 daqiqada tahririyat soxta notarial imzo va soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan. Natijada Jurnalistlar osmono’par binoga egalik qilish huquqini olish bilan bog’liq hujjatlarini davlat idorasiga yuborishgan.

Kun bo’yi provokatorlar loaqil kimdir osmono’par bino o’g’irlanayotganligini payqashini kutishgan, ammo behuda. Natijada, «firibgarlar» o’zlari bu haqida e’lon qilishdi.

#3 Napoleonning jinsiy a’zosi.

Napoleonning jinsiy a’zosi shifokor tomonidan kesib olingan degan taxminga ko’plar ishonadi. Napaleon jasadini o’rganish vaqtida shifokorlar nafaqat komandirning o’lim sababini (oshqozon saratoni) , balki yurak va oshqozonni ham kesib tashlashgan.

Biroq, o’sha paytda shifokor Franchesko Antommarki boshqa shifokorlardan bekitib Napoleonning jinsiy olatni kesib olgan va hamkasblaridan yashirgan degan fikr bor. Bu haqida Napoleonning valiysi o’z xotiralarida yozgan.

#2 Ikkinchi Jahon urushi samalyoti

1992 yilda Isroil havo kuchlari zaxiradagi ofitseri, mayor Ismoil Yitzaki muzeyga tegishli bo’lgan Ikkinchi Jahon urushi samolyotlarini qayta bo’yash kerakligini aytadi.

Ishonuvchan muzey xodimlari mayorning gaplariga qo’shilishadi va Ismoil samolyotni o’tirib noma’lum tomonga uchib ketdi.

Ma’lum bo’lishicha, firibgar to’g’ridan-to’g’ri Shvetsiyaga yo’l olgan va u yerda harbiy yodgorlikni 300 ming dollarga sotgan.

#1 Sin imperiyasi davrining tosh ko’prik.

2012 yil Shanxayda bir kechaning o’zida Sin sulolasi davriga tegishli bo’lgan tosh ko’prik o’g’irlanib ketilgan. Ko’prik qurilganiga 100 yildan oshgan edi.

Ushbu o’g’irliklardan qaysi biri sizni hayratda qoldirdi?

Previous Fashistlar itlarga yozishni, o'qishni va gapirishni o'rgatishga harakat qilishgan, natijada ....
Next Odamlar daraxtlarni saqlab qolish uchun hamma narsaga tayyor ...

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *