Aqlli bo’lishning 7 ta salbiy ta’siri


Yuksak intellekt sohiblari axborotni osongina o‘zlashtiradi va murakkab masalalarni hal qilishda qiynalmaydi. Ammo bu xislat hamisha yordam beradimi? Balki bu yaratganning marhamati emas yuborgan tashvishidir?

Siz, ehtimol, yuqori IQ koeffitsiyenti insonga bir qator imkonlarni taqdim qiladi, deb o‘ylarsiz? Masalan, imtihon topshirish uchun boshqalar singari ter to‘kmaydi. Murakkab matnlarni o‘qigan zahoti anglaydi. O‘z salohiyatini raketasozlik singari g‘aroyib sohalarda sinab ko‘rishi mumkin.

Yuqoridagilarning barchasi to‘g‘ri, ammo yuqori intellektga ega bo‘lishning o‘ziga yarasha negativ tomonlari ham bor. Bu masalani o‘rganish uchun Quora foydalanuvchilari “Aqllilik boshga balo keltiradimi?” savoliga javob berishdi. So‘rovnomadan olingan eng qiziqarli xulosalarni quyida keltiramiz.

Hissiyotlar o‘rniga doimo o‘ylash bilan bandsiz

Markus Gedald (Marcus Geduld) ismli a’zo hissiyotlarni yaxshi tushunishini va bu haqda odamlarga so‘zlab bera olishini aytdi. Biroq u hissiyotlarini ifodalab sira yengil tortmagan.

“Bu barchasini so‘z bilan ifodalay oladigan aqlli odamlarning umumiy muammosi. Ular bor haqiqatni so‘zlab berganida yengil tortmaydi. Gapga no‘noq odamlar hissiyotlarini gap bilan emas, tabiiy yo‘llar bilan ifodalaydi. Ular yer tepinadi, baqiradi, stolga musht uradi, yuguradi, kuladi, raqsga tushadi va shodlikdan o‘mbaloq oshadi. Men bo‘lsa, tushuntirib beraman. Tushuntirib berganimdan keyin esa ichimdagi ichimda qoladi, faqat endi ular so‘z orqali ifodasiga ega bo‘ldi”

Mashaqqat chekib ishlashga o‘rganmaysiz

Intellekti kuchli kishilar boshqalardan osongina o‘zib ketaman, deb o‘ylaydi. Lekin IQning balandligi muvaffaqiyatning kafolati emas. Muvaffaqiyat uchun birinchi o‘rinda zarur bo‘lgan tirishqoqlik esa zukkolarda yetishmasligi mumkin.

“Biror narsani qiynalmasdan o‘zlashtira olishini erta tushunib yetganidayoq intellekt inson uchun muammoga aylanadi. Shuning uchun unda xizmat etikasi sira shakllanmaydi”, deydi Quora foydalanuvchisi Kent Fung (Kent Fung).

Odamlar o‘zingizni boshqalardan yaxshiroq namoyon etishingizni kutadi

“Qaysi sohaligidan qat’i nazar sizdan eng yaxshi natijani kutishadi, – deydi Roshna Nazir (Roshna Nazir). – Ojiz va nochorligingizni birovga to‘kib sola olmaysiz”.

Sizga katta ishonch bildirishgach, “eplolmasam-chi”, deya ish yurishmay qolishidan doimo xavotirda turishingiz yana bir zaif jihatingizdir.

“Omadsizlikka yo‘liqishdan cho‘chib, tavakkal qilolmaysiz va sinab ko‘rolmaysiz, yutqazib qo‘yishdan xavotirlanasiz”, deydi Sorebx Mexta (Saurabh Mehta).

Kamchiligini tuzatsangiz odamlar g‘ijinadi

Hamsuhbatingiz adashayotganini sezsangiz, xatosini to‘g‘rilab qo‘yishdan o‘zingizni tiyishingiz mushkul. Bunday holatda uning g‘ashini keltirishingiz va yoki xijolatga qo‘yishingiz mumkinligini esda tutishingiz lozim. Aks holda do‘stlardan ajrab qolasiz.

“Zukko bo‘lish yoqimsizdir, – deydi Raksit Karramreddi (Raxit Karramreddy). – Odamlarning xatosini tuzatasan, ular esa sen bilan gaplashmay qo‘yadi”.

Qayta-qayta o‘ylab ko‘raverasiz

Quora so‘roviga berilgan javoblarning ko‘pida qayta o‘ylash va tahlil qilish vaqtni ko‘p olishi yozilgan. Har bir fikr yoki tajribaga ekzistensial izoh topmoqchi bo‘lsangiz, o‘ta sentimentallashib ketasiz.

“Siz barchasi behuda va ahamiyatsizligini yaxshi anglab tursangiz ham javob izlaysiz va bu sizni aqldan ozdiradi”, deydi Quora foydalanuvchisi Akash Ladxa (Akash Ladha). Bundan tashqari bir qarorga kelishda qiynalasiz.

Odamlar sizni maqtanchoq deb hisoblaydi

Ha, ba’zida sizni taniganlar shunday xayolga boradi.

– Bu kishini ranjitadi, – deydi Bill Vano (Bill Vanyo). – Odamlar sen haqingda “O‘zini juda aqlli hisoblaydi”, “Hammasini bilaman deydi”, deb o‘ylaydi, sen bo‘lsang, bilimingni ko‘z-ko‘zlash xayolingda yo‘q, ularga yordam bermoqchisan xolos.

Ko‘p narsani bilmasligingizni fahmlab turasiz

Intellekti baland odamlar o‘z bilimlarining chek-chegarasini bilishadi. Inson qanchalik tirishmasin, barcha narsani o‘rganishning iloji yo‘q.

Siz bu to’g’risida qanday fikrdasiz ?

Previous Ko'chishni istamagan 15 ta o'jar uy egalari
Next Xitoyning eng boy tadbirkoridan 10 maslahat

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *