Hindiston ajralish darajasi bo’yicha eng past ko’rsatkichga ega! Buning sababi …


Yaqinda o’tkazilgan global tadqiqot Hindistonda ajralish darajasi eng past ekanligi aniqlandi. 1000 ta nikohdan faqat 13 tasi ajralish bilan tugaydi, taxminan umimiy ko’rsatkichda bu 1% ni tashkil etadi .

Statistikaga ko’ra ajrashgan juftliklar soni rasman ajrashganlarning sonidan qariyb uch baravar ko’p. Ma’lumot uchun bu barcha turmush qurganlarning 0,61% ni va umumiy aholining esa 0,29% ni tashkil etadi. Bu o’z-o’zidan masalaga oydinlik kiritadi.

Ammo bunga asosiy sabab Hindistonda nikohlar baxtli bo’lgani uchun emas, balki ajralish jamiyatda juda qattiq qoralanganligi uchun saqlanib kelmoqda.

Agar er-xotin ajrashmasa, bu ularda hammasi yaxshi ekanliklarini anglatmaydi.

Hindistonda hali ham nikohlar shaxslar o’rtasida emas, balki oilalar o’rtasida tuziladi. Shu sababli, ajrashishga ruxsat olish uchun, ikkala oilaning har bir a’zosini nikoh muvaffaqiyatsiz bo’lganiga ishontirishingiz kerak. Ajrashish butun oila uchun sharmandali holat bo’lgani uchun , har bir qarindosh bahslashish, o’z norozigini ko’rsatish huquqiga ega.!

Hindistonda ajralish o’ta xudbinlik deb hisoblanadi. Ko’pgina juftliklar qog’ozga rasman er va xotin bo’lib qolishadi , ammo alohida hayot kechirishadi.

Albatta, ayollar bunday holatdan ko’proq aziyat chekishadi.

Hindistonda ayol muqarrar ravishda duch keladigan muammolar: moliyaviy qaramlik, huquqiy himoyaning yo’qligi, oiladagi zo’ravonlik …

Bundan tashqari, ayol ajrashgandan so’ng, amalda ikkinchi marta turmushga chiqishi mumkun emas , chunki unga «ajrashgan ayol» qora tamg’asi bosiladi . Ammo bu tamg’a erkaklarga ta’luqli emas .

Ayol o’z jufti bilan ajrashganidan so’ng, o’z ota-onasining uyiga qaytishi amrimahol. Ayniqsa hamqishloqlardan omon qolish qiyin. Ajrashgan ayolga uyini ijaraga berish yoki ishga olish juda qattiq qoralanadi. Keyinchalik ajrashgan ayol farzandlarini uylantirishi yoki turmushga berishi murakkab jarayonga aylanadi.

80-yillarda Nyu-Dehlida ajralish ishlari bilan shug’ulanadigan sudlar soni 2 ta bo’lgan. 2010-yilga kelib esa ularning soni 16 taga yetdi.

Kuchli urf-odatlar sababli ayollarga kamdan-kam holatlarda ishlashga ruxsat beriladi. Demak, ajralish ayol kishi uchun qashshoqlik demakdir. ayol ishlagan taqdirda ham, birgalikda olingan mol-mulk ajralish jarayonida ikkiga bo’linmaydi, balki eriga qoladi.

Taxmin qilganingizdek, Hindistonda ajralishning eng yuqori darajasi shaharlarda qayd etilgan.

Hindistondagi ajrashish qoidalari haqida nima deb o’ylaysiz?

Previous Xitoyning eng boy tadbirkoridan 10 maslahat
Next Belarusiyadagi "Amazoniya" sayyohlarni hayratda qoldirdi

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *