Alp tog’larida yangi ko’l paydo bo’ldi. Bu juda tashvishli xabar …


Frantsuz Alp tog’ balandligida muzli qor erishi natijasida yangi ko’l paydo bo’ldi.

Frantsiyalik alpinist Brayan Mestre Blank 3400 m balandlikdagi tog’ tizmasida katta ko’lni kashf qilganidan hayratda qoldi.

Olimlarning ta’kidlashicha, Yevropadagi yuqori harorat salbiy ta’siri natijasida tabiatda bu kabi onamal holatlar uchrab turibdi.

«Dent du Jant va Aiguil Marbras tog’lari etagida muzliklar erishi va yangi ko’l paydo bo’lishi uchun atigi 10 kunlik jazirama harorat yetarli bo’ldi».

Ushbu balandlikda odatda muz va qor qoplami bo’lishi kerak, suv havzasi ko’rinishidagi ko’l emas !

Kopernikning iqlim o’zgarishi xizmati xabariga ko’ra, o’tgan oy Yer yuzida eng issiq iyun oyi bo’lgan.

Sun’iy yo’ldosh agentligi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko’ra Yevropadagi harorat o’rtacha normal darajadan 2 ° C dan yuqori ekanligini aytilgan.

Previous Inson tabiat qarshisida kuchsiz ekanligini isbotlovchi 30 ta fotosurat
Next Jaxon san'at asarlarini bugungi yoshlar yaratganida...

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *