Nemis cho’pon iti 375 million AQSh dollari ishlab topdi…


Barchamiz boy hayotni orzu qilamiz — xizmatkor, hashamatli uy, haydovchi, limuzin. Albatta , orzu qilish yomon emas.

Ammo oddiygina nemis cho’pon iti shu tarzda yashashga muvaffaq bo’lgan! Ishonmaysizmi? Unda dunyodagi eng boy it — Gunther IV bilan tanishing!

1992 yilda nemis grafiniyasi Karlotta Leybenshteyn o’zining ulkan boyligini sevimli iti — Gunter III ismli cho’ponga meros qilib qoldirdi. Bir muncha vaqt o’tgach, it ham boshqa dunyoga ketdi va meros uning o’g’li — Gunter IVga o’tdi.

Bir necha yil oldin Britaniyaning The Sun nashri dunyodagi eng boy hayvonlar ro’yxatini e’lon qildi. Gunter IV bu ro’yxatning yetakchi o’rnini egaladi. Gunter IV ning 100 million AQSH dollariga yaqin puli bor .

Gunter IV haqidagi yangiliklar katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi. Ba’zi gazetalar tomonidan millioner it haqidagi ma’lumotlar uydurma ekanligini to’g’risida maqolalar chop etildi. Ammo 1999 yilda «oligarx» Gyunter IV ko’chmas mulk bilan bog’liq savdo operatsiyalarini boshladi. OAVning xabar berishicha, it, ishonchli vakillari orqali mashhur aktyor Silvester Stallonening Mayami Bichdagi uyini 25 million dollarga pulga sotib olmoqchi bo’lgan.

Noma’lum sabablarga ko’ra, kelishuv amalga oshmadi, ammo Gyunter va uning safdoshlari 7,5 million dollarga xonanda Madonnaning villasi sotib olishga muvaffaq bo’lishgan.

Qizig’i shundaki, itning ishonchli vakillari samarali sarmoyalar tufayli uning pullarini bir necha barbarga ko’paytirdilar. Natijada Gunther IV ning kapitali 375 million AQSH dollarini tashkil etdi!

Biroq, hozirgi kunga qadar, ko’pgina nashriyotlar bu reklamaning bir turi ekanligini ta’kidlashadi. Merosxor Gunther IV ning vasiyligi orqali pop musiqachilar jamoat e’tiborni jalb qilmoqchi bo’lishgan deyiladi ba’zi manbalarda.

Nima bo’lgan taqdirda ham, Gyunter ulkan mablag’lar, hashamatli uylar va millionerlarga tegishli barcha imtiyozlaridan bahramand bo’ladi.

Previous Ushbu 27 ta solishtirish natijasi sizni hayron qoldiradi ...
Next Dunyo bo'ylab 27 ta arvoh shaharlar

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *