Dunyo bo’ylab 27 ta arvoh shaharlar


Barchamiz tashlandiq qishloqlar va shaharlar haqidagi filmlarni lo’rganmiz, mmmo dunyo bo’ylab tashlandiq arvoh shaharlar soni juda ko’p.

Bugungu kunga kelib bu kabi arvohli shaharlarga kirish yo’llari cheklov tariqasida butunlay yopib qo’yilgan, ba’zilari esa sayyohlik joylariga aylantirilgan.

1. Krako (Italiya).

Qadimgi Krako shahri aholis 1963 yilda ko’chkilar tufayli evakuatsiya qilingan. 1980 yildagi zilziladan so’ng mahalliy aholi butunlay boshqa joyga ko’chirilgan. Bugungi kunda bu sayyohlar va kinoijodkorlar uchun sevimli makonga aylangan.

2. Bodi, Kaliforniya (AQSh).

Shahar 19-asrda oltin qidiruvchilar tomonidan qurilgan. Hududdagi oltin zaxirasi tugashi natijasida barcha shaharni tark etadi. Bu yerda 110 taga yaqin bino saqlanib qolgan. Hozirgi kunda Bodi shahri sayyohlik uchun diqqatga sazovor joy.

3. Oradur-sur-Glan (Frantsiya).

1944 yilda fashistlar qishloq va uning aholisi yoqib yuborilgan. Urushdan so’ng Frantsiya Prezidenti Sharl de Goll uylarning qoldiqlarini yodgorlik sifatida saqlash qolishni taklif ertdi. Oradur-sur-Glan yaqinida xuddi shu nomdagi qishloq qayta qurildi.

4. Pripyat (Ukraina).

Chernobil AESda ro’y bergan avariyadan so’ng shahar evakuatsiya qilindi. 1986 yil 27 aprel holatiga ko’ra aholi soni 49,360 kishini tashkil etgan. Bugungi kunda shahar sayohlik makoniga aylantirilgan.

5. Varosha (Kipr).

Famagustaning dunyoning eng asosiy sayyohlik joyilaridan biri bo’lgan. 1974 yildagi turk istilosidan keyin mahalliy aholi Varoshadan ko’chirildi va shaharga kirish qat’iyan taqiqlandi.

6. Garnet, Montana (AQSh).

Yana bir Amerikalik oltin qidiruvchilar yaratgan shahar. Zahira tugashi bilan shovvozlar shaharni tashlab ketgan. U 1860-yillarda qurilgan bu shaharcha hozirgi kungacha yaxshi saqlanib qolgan. Garnetga har yili 16000ga yaqin sayyoh tashrif buyuradi.

7. Xashima oroli (Yaponiya).

Orolda suv osti shaxtalaridan ko’mir qazib olingan. 1959 yilda bu yerda 5000 dan ortiq kishi istiqomat qilgan, ammo 1974 yilda ko’mir tugadi va orol tark etildi. 2009 yildan boshlab orol sayyohlar uchun o’z eshiklarini ochdi.

8. Kahaba, Alabama (AQSh).

Alabamaning sobiq poytaxti 1826 yilda suv toshqini tufayli tashlab ketilgan. O’shandan beri shahar tarixiy yodgorlik sifatida saqlanib kelinmoqda.

9. Kennekot, Alyaska (AQSh).

Bir vaqtlar mis konlarni o’zlashtirish maqsadida joy atrofida aholi punklari paydo bo’lgan. 1938 yilda zahira tugashi natijasida shaxtalar faoliyati to’xtatilgan va shaharcha tashlab ketilgan.

10. Bannak, Montana (AQSh)

1862 yilda Bannak hududida oltin zahirasi kashf etilgandan so’ng tashkil etilgan shahar.Bir vaqtlar shaharda 10000 ga yaqin kishi yashagan. 1970-yillarda zahira tugashi natijasida shahar tashlab ketilgan. Hozirgi kunda Bannak hududi milliy park maydonchasiga aylantirilgan.

11. Glenrio, Nyu-Meksiko (AQSh).

Bir paytlar ikki davlat chegarasida joylashgan bu shaharcha temir yo’l chorrahasi vazifasini bajarga. Yangi magistral qurilganidan so’ng shahar tashlab ketilgan. Bugungi kunda u tarixiy yodgorlik sifatida saqlanib kelinmoqda.

12. Lifta (Isroil).

qadimiyda falastinliklar va yahudiylarga tegishli bo’lgan ushbu hozirgi kunda shahar qo’riqxonaga aylantirilgan. 1971 yilda eng oxirgi oila shahardan ko’chib ketdi. 2017 yilgacha bu yerda faqat reabilitatsiya poliklinikasi va maktab faoliyat yuritgan.

13. Dhanushkodi (Hindiston).

1964 yilda shaharda ro’y bergan tabiiy ofat 1800 kishining hayotiga zomin bo’ldi. ushbu holatdan so’ng aholi shaharni tark etishdi. Bugungi kunda bu mashhur sayyohlik makoniga aylantirilgan.

14. Tarmond, G’arbiy Virjiniya (AQSh).

Bugungi kunda shaharda faqat temir yo’l stantsiyasi saqlanib qolingan. Stantsiya amalda faoliyat yuritadi, ammo deyarli ishlatilmaydi. Shaharda taxminan besh kishi istiqomat qiladi.

15. Kolmanskop (Namibiya).

Afrikadagi nemis shaharcha 1908 yilda olmos koni atrofida paydo bo’lgan. Shahar 1956 yilda tashlab ketilgan va shundan beri sahro qumlari asta-sekin uni egallab olmoqda.

16.Val Jalbert (Kanada).

Shahar 1901 yilda o’rmonchilik hududi atrofida tashkil etilgan. 1927 yilda o’rmonchilik faoliyati to’xtatilgan. Shundan beri shaharda hech kim yashamaydi. 1960 yilda u istirohat bog’iga aylantirildi. Bugungi kunda u Kanadadagi eng yaxshi saqlanib qolgan sharpa shaharlardan biri hisoblanadi.

17. Sent-Elmo, Kolorado (AQSh).

Sent-Elmo kumush va oltin konlari atrofida paydo bo’lgan yana bir shahardir. 1922 yildan beri poyezdlar yo’nalishi to’xtatildi va shahar tarixiy yodgorlikka aylantirildi. Shaharda hali ham bir necha kishi istiqomat qiladi.

18. Buyuk Blasket oroli (Irlandiya)

Orolda 1953 yilgacha mahalliy aholi istiqomat qilgan.Vaqt o’tishi bilan hukumat qattiq ob-havo sharoiti va noqulayliklar tufayli aholining xavfsizligini kafolatlay olmaydi va aholi boshqa joyga ko’chirildi. Oroldagi uylar buhungi kungacha saqlanib qolgan.

19. Vittenum (Avstraliya)

Shahar 1946 yilda tashkil etilgan. Bir vaqtlar bu yerda asbestning eng zaharli turlaridan biri qazib olingan. 1966 yilda hukumat asbest konlarini yopildi va 2007 yilda Vittenum Avstraliya xaritasidan rasman o’chirildi. Hududning zaharliligiga qaramay, minglab ekstremal turizm ixlosmandlari hali ham shaharga tashrif buyurishadi.

20. Klomino (Polsha).

Sobiq harbiy shaharcha Polshadagi yagona arvohlar shaharchasi hisoblanadi. Bugungi kunda bu juda kam sonli odam istiqomat qiladi.

21. Kaliko, Kaliforniya (AQSh).

1881 yilda yana bir kumush koni atrofida asos solingan shahar Kalikodir . 1907 yilda hududdagi barcha ma’dan qazib olindi va shahar tashlab ketildi. Hozigi kunda bu joy turistik maskanga aylatirilgan.

22. Plimut (Montserrat).

Montserrat Buyuk Britaniyaning Overseas hududidagi sobiq poytaxti . 1997 yilda shahar vulqon otilishi tufayli evakuatsiya qilindi. Rasman, Montserrat orolning poytaxti — dunyodagi yagona sharpa poytaxt hisoblanadi.

23. Dollersxayim (Avstriya).

1938 yilda Avstriya fashistlar Germaniyasi tomonidan bosib olinganidan so’ng qishloq evakuatsiya qilingan va harbiy mashg’ulot joyiga aylantirilgan. Hozirgi kunda qishloq qisman Avstriya qurolli kuchlariga tegishli, ammo ba’zi binolari sayyohlar uchun ochiq

24. Kayakoy (Turkiya).

O’tgan asrning 20-yillarida tashlab ketilgan qadimiy yunon shaharchasi. Hukumat Kayakoyni turklar bilan to’ldirishga harakat qildi, ammo reja amalga oshmadi. Bugun bu sayyohlik uchun diqqatga sazovor joy.

25. Goldfild, Arizona (AQSh).

1820 yilda shahar oltin koni atrofida paydo bo’lgan va atigi besh yil ichida tashlab ketilgan. Bugun bu sayyohlik uchun diqqatga sazovor joy.

26. Akarmara, Abxaziya (Gruziya).

90-yillarning boshlarida Akarmara urush paytida tashlab ketilgan shahar. Hozigi kunda bu joy turistik maskanga aylatirilgan

27. Piramida (Norvegiya).

Shaharcha 1910 yilda shvedlar tomonidan qurilgan. 1927 yilda esa Piramida shaharchasi Sovet Ittifoqiga sotilgan . 1998 yilda kon faoilyati tugatukgan. 2007 yildan beri Piramidada qish mavsumida 3 kishi, yozda esa 20 kishigacha doimiy ravishda ishlaydi. Shaharchada sayyohlar uchun muzey va mehmonxona mavjud.

Previous Nemis cho'pon iti 375 million AQSh dollari ishlab topdi...
Next Xitoylik dehqon omborxonadan bebaho xazina topib oldi ...

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *