Vetnam qishloqlarida bolalar maktabgacha daryoni plastik to’rva ichida kesib o’tishga majbur …


Vetnamdagi tinimsiz yomg’irlar daryo o’zani toshib ketishiga sabab bo’ladi. Bunday holatlarda qishloq aholisi maktabga borish uchun daryoni kesib o’tishga majbur. Buning uchun ular plastik qoplardan foydalanadilar, deb yozadi 9 Gag.

Dambada bambukdan yasalgan ko’prik bo’lishiga qaramasdan, yomg’irli mavsumda ko’prik mutlaqo foydasiz.

Plastik sumkalar mahalliy aholini qutqarish uchun tayyor.

Kattalar bolalarni plastik to’rvalarga «o’rashadi» …

… va qimmatbaho yuklar bilan daryoni kesib o’tishadi.

Bu juda xavfli protsedura …

Rasmiy idoralar qishloq aholisini ushbu xavf haqida bir necha bor ogohlantirgan. Ularning so’zlariga ko’ra, haddan tashqari kuchli oqimlar tufayli baxtsiz hodisa ro’y berishi mumkin. Allaqachon bir nechta qishloq aholisini suv olib ketgan va ularning bevaqt o’limlariga sababchiga aylangan

Ammo ilojsiz odamlar o’z bolalarining har qanday vaziyatda ham maktabdan qolishlarini hohlashmaydi.

Daryodan o’tib olgach, o’quvchilar maktabgacha yana 5 soat yo’lni bosib o’tishlari kerak.

Bolalar odatda maktabda bir hafta davomida qoladilar, faqatgina dam olish kunlari uylariga qaytadilar.

Bir kun kelib qishloq aholisi daryoning ustida ko’prik qurilishiga umid qilishmoqda, ammo bunga javoban rasmiy idoralar qurilish uchun yetarli mablag’ mavjud emasligini ta’kidlashdi. Mazkur qishloqni ko’prik bilan ta’minlab berish loyihasi 270,000 AQSh dollariga baholangan.

Umid qilamizki, o’quvchilar o’z ota-onalari umidlarini oqlashadi! Vetnamlik bolalar shunday qiyinchiliklarni ortda qoldirib bilim olishlariga to’g’ri keladi …

Ushbu hikoya haqida nima deb o’ylaysiz?

Previous Xitoylik dehqon omborxonadan bebaho xazina topib oldi ...
This is the most recent story.

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *