Germaniyadagi amaliy tadqiqotlar universiteti professori Peter Akst «Dangasaning quvonchi» nomli kitobini chop etdi. Mazkur asarda aytilishicha, g‘am-tashvishsiz bekorchilik sog‘lik, baxt va uzoq yashashning garovi ekan. Farang ruhshunosi va «Electrite de France» kompaniyasida o‘rindoshlik asosida iqtisodiy maslahatchi bo‘lib ishlovchi Mayer Korin nashr etgan risola esa «Salom, yalqovlik! yoki kam mehnat qilish san’ati» deb nomlangan. Ushbu kitoblar sotuvga chiqarilishi bilan qo‘lma-qo‘l bo‘lib ketdi.Bundan ko‘rinadiki, odamlar tanballik mavzusiga qiziqish bilan qarashar ekan. Har ikkala kitobning tez orada dunyoning boshqa tillariga tarjima etilishi esa dangasalik xususida bilishga qiziqish butun jahonda ham kuchli ekanligini ko‘rsatadi.

Bekor yurishning nafaqat sog‘liqqa, balki mantiqqa zid karyeraga ham foydasi bor- deb o‘z fikriga ishontirishga harakat qiladi rossiyalik ruhshunos Aleksey Andreyev,— Axir, biz yalqovlikka berilish bilan o‘zimizga kuch va quvvat to‘plamaymizmi? Misol uchun, Charyaz Darvin o‘ta ishyoqmas bo‘lgan. Maktabda uni kaltak zarbi ostida grammatikani o‘rganishga majbur qilishgan. Ko‘pincha u partada o‘tirgan holda uxlab qolardi. U baliq ovi va yotgan joyida miltikdan qarg‘alarni o‘qqa tutishni yoqtirgan. Universitet talabasi bo‘lganida esa asosiy vaqtini pivoxonalarda o‘tkazgan. Darvin ilmiy ish bilan shug‘ullanishni hech shoshilmagan. O‘zining mashhur ishlarini uzoq yillar davomida yozgan. Oxir-oqibat esa uning nomi dunyo tarixida qoldi.

Boshqa misol: ser Uinston Cherchill darslarni o‘zlashtirish borasida eng qoloq o‘quvchi hisoblangan va oliy o‘quv yurtiga kirishni xayoliga ham keltirmagan. Sport bilan shug‘ullanishga esa hushi yo‘q edi, asosiy vaqtini tebranma kresloda o‘tkazardi. Tanballigining mevasi sifatida buyuk siyosatchi bo‘lib yetishdi.

Albert Eynshteynni o‘qituvchilari o‘ta ketgan yalqov va ishyoqmas deb atashgan. U esa o‘zining nazariyasi bilan fanda o‘zgarish yasadi, Nobel mukofoti sohibi bo‘ldi. Shuningdek, Nyuton, Arximed, Mendeleyev va Pikassolar ham tamballar safiga qo‘shilishgan. Va shu narsa ma’lumki, o‘ta faol hayot tarzi bilan buyuk ixtirolarni kashf etishning hech qanday isboti yo‘q.

Ammo yuqoridagi fikrlardan buyuk bo‘lish uchun dangasa bo‘lish kerak ekanda, degan xulosaga kelmaslik kerak. Qobiliyat bo‘lmasa, ming chiransangiz ham foydasi yo‘q. Eng muhimi- vaqtida dam olish kerak, negaki, odam qanchalik ko‘p kuch sarflasa, ulkan ishlarni bajarishga unda shuncha kam kuch qoladi. O‘zini doim urintirib yuradigan odamlar xotirasini erta yo‘qotishadi va tez qarishadi. Bundan tashqari, Peter Akstning kuzatishicha, erta boshlangan ichki jismoniy zo‘riqishlar insonning sog‘ligiga putur yetqazar ekan.

«Abadiy dvigatel» rejimida ishlovchi odamlar o‘zlarining tabiiy bioritmlari maromini buzadilar. Ular esa kun davomida deyarli ikki soatda dam olishi kerak. Bu davrda kishida borliqdagi voqelikni o‘zlashtirish jarayoni sekinlashadi, ya’ni bekor turish uchun qulay fursatdir. Agar bu xolga e’tibor berilmasa, zo‘riqish kuchayadi. Odam o‘zini zo‘riqtirishining oqibati ayanchli bo‘ladi. Bunga misol tariqasida Jek Londonning hayotini ko‘rsatish mumkin. U har kuni zo‘r berib ishlashi natijasida juda qisqa fursatda ko‘plab ajoyib asarlar yaratdi. Ammo qirq yoshidayoq olamdan o‘tdi. Shamdek yondi, o‘chdi! Negaki, u hayotiy quvvatini sarflab bo‘lgandi. Shuning uchun ham odam har jihatdan o‘zini avaylashi, qo‘polroq aytganda, biroz yalqov bo‘lishi lozim. Lekin buning ishga zarari tegmasligi kerak.
Amerikalik professor Arnold Lyudving dunyo taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan mingga yaqin insonning biografiyasini o‘rganib chiqib, tabiat in’om etgan noyob qobiliyatidan tashqari vaqtni qanday sarflashni ham bilish kerak, degan xulosaga keldi.
Ayrim odamlar tabiatidagi yalqovlik— bu ularning faoliyat uslubi.
Ular biron-bir topshiriq olsalar, vazifani qanday qilib tez va yaxshi bajarish mumkin, deb uzoq o‘ylaydilar. Bu holni ko‘rgan atrofdagilar esa bu odamni ishyoqmas ekan, degan tushunchaga borishadi. Ammo vazifani vazifani bajarish fursati yetganda dangasalar o‘zlariga yuklatilgan ishni kutilganidan ham a’lo udalaydilar . 

Previous Burjingizga qarab kasbni tavsiya etamiz
Next Germaniyadagi G’ayrioddiy mehmonxona

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *