Nega biz Oy kamalagini ko’ra olmaymiz ?


Oy kamalagi odatiy kamalakdan rangsizroq bo‘ladi. Bu holat Oy Quyoshdan ko‘ra kamroq nur sochishi bilan izohlanadi. Oy kamalagi har doim oyning qarshisidagi osmon qismida paydo bo‘ladi.

Kech tushganda ko‘zlarimizning sezish elementlarini jonlantirish uchun yorug‘lik yetarlicha bo‘lmaydi, shu sababli oy kamalagini ko‘rish biz uchun qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun ham, odatda, Oy kamalagi bizga oq rangda ko‘rinadi. Ammo uzoq ekspozitsiyali rasmlarda ranglarni ko‘rib olish mumkin.


Oy to‘lishganda Oy kamalagi yanada yaxshiroq ko‘rinadi, chunki aynan shu vaqtda oyning nur tarqatishi kuchliroq bo‘ladi. Sharshara sababli paydo bo‘lgan kamalakdan tashqari, barchasi paydo bo‘lishi uchun Oy osmonda unchalik baland masofada bo‘lishi kerak emas, ammo Oy to‘g‘risida yomg‘ir yog‘ishi zarur. Shundagina tabiatning ajoyib mo‘’jizasi — Oy kamaligini ko‘rish mumkin.

Previous Odamni tushkunlikka tushiradigan ichimliklar ro‘yxati
Next SEMIZLIKNING FOYDASI HAM BOR

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *