Futbol ruhiy hastaliklarga da’vo


pravda.ru. saytida keltirishicha, ruhshiunoslar ham futbol bo‘iicha jahon chempionatiga katta qiziqish bildirishgan. Ularning fikricha, qiziqarli futbol uchrashuvi tomoshabin salomatligiga favqulodda ijobiy tasir ko‘rsatadi. Psixiatrlarga murojaat qiladiganlar soni ham keskin kamayib ketadi … 

Nega aynan futbol Tennis yoki boshqa sport turi emas? Ma’lum bo‘lishicha, futbol zamonaiiy hayotimizda o‘ziga xos “ov” o‘rnini bosar ekan. Ashaddiy ishqibozlar o‘sha yo‘qotilgan “OB’bo‘shlig‘ini to‘ldirishga harakat qilishadi. Futbol adrenalinni oshirib, g‘alabaga bo‘lgan kuchli ishtiyoq hissini uyg‘otadi.

Ruhiy sog‘lomlashtirish uyushmasi ikkita jahon chempionagi oldidan tajriba o‘tkazdi.Tadqiqotlar esa futbol uchrashuvining odamlar ruhiyatiga, o‘zaro munosabatlariga, hissiyotlari va shaxsiy sifatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini tasdiqladi.Tajribada ishtirok etgan ko‘ngillilarning 25 foizi futbolning o‘z hayotida muhim ahamiyatga egaligini tan olgan. Ularning ko‘pchiligi 35 yoshdan katta kishilar edi. Angliyada xuddi shu yoshda o‘z joniga qasd qilish hamda ruhiy xastaliklar Ko‘p kuzatiladi. Ruhshunos professor Sendi Volfsonning tasdiqlashicha, kishilarning Futbolga qiziqishi ulardagi ruhiy muammolarning kelib chiqishiga to‘sqinlik qiladi. Volfsonning fikrini ruhiy sog‘lomlashtirish uyushma prezidenti doktor Endryu Makkallox ham tasdiqlaydi.

Uning aytishicha, futbol uchrashuvlari erkaklarga kundalik turmushdagidan ko‘ra o‘z hissiyotlariii to‘laqonli ifoda etishga imkon beradi. Boshqa paytlarda esa kuchli jins vakillari o‘z hissiyotlariyu kechinmalarini yuzaga chiqarmaslikka harakat qiladilar.
70 foiz ishqiboz futbol uchrashuvi kayfiyatini buzgani yoki jaxdini chiqarganini ta’kidlaydi. 76 foiz muxlis esa uchrashuv chog‘ida sevgan jamoasi gol kiritsa, qiyqirib bir-birining quchog‘iga otilishga tayyor turarkan. 59 foizi butun uchrashuv davomida hissiyotlariga erk berib, baqir-chaqir qilishdan uyalib o‘tirmas ekan. Ruhshunoslarning tasdiqlashicha, bunday hissiyotlarni ifodalash nafaqat ijtimoiy hamjihatlikni yaratadi, balki ruhiy sog‘lom bo‘lish uchun ham juda muhim. Bir klubga ishqibozlik qidayotgan kishilarning bahamjihatlikni, erkinlikni his qilshni ham ruhiy sog‘lomlashishga katta hissa qo‘shadi.
Hammasi yaxshiyu, bitta “lekin”i bor. Ichishni yaxshi ko‘radiganlarning 59 foizi qiziqarli o‘yin namoyishi paytida odatdagidan ko‘ra ko‘proq ichib yuborisharkan. Ruhshunoslar bu jarayon tez orada depressiyaga olib kelishi mumkinligipi ta’kidlashmoqda.

Previous ODAM TISHLARDAN EYFEL MINORASI
Next Kayfiyatni ko‘taruvchi gaz

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *