QOVOQ SHUNCHALIK FOYDALIMI ?


Qovoq — ham taom, ham dori, ham xazina . qovoqning mag‘ziyu urug‘i, shifoning koni ekanligini bilasizmi? Bundan tashqari, hamma meva va sabzavotlar vaqt o‘tgani sari tarkibidagi foydali moddalarini yo’qota boshlaydi. Faqat qovoqgina bundan mustasno. Kattayu kichikka birdek foydali, ko‘pgina shifobaxsh xususiyatlari bois xalq tabobatida juda qadrlanadi.


SHIFOBAXSHLIGI


Ushbu tabiat in’omini chinakam dorixonaga qiyoslasak, sira mubolag‘a bo‘lmaydi. Ayniqsa, peshob haydash xususiyati tufayli turli shishlar, sistit, piyelonefrit va uretritning ba’zi ko‘rinishlarida oshqovoqqa murojaat qilsangiz, yanglishmaysiz. Uni xomligicha, aytaylik, salatlarga qo‘shib yoki bug‘da pishirib tanovul qilsangiz, muammolar sizni birin-ketin tark eta boshlaydi.

Qovoqning 50 dan ortiq turi mavjud. U 90 foiz suvdan tashkil topgan. Bu tarvuzga nisbatan 2 foiz kam degani. Qovoq tarkibida bizni kuzgi shamollashlardan asraydigan S darmondorisi bisyor. Uning tarkibidagi A vitamini sabzidagidan besh marta, mol jigaridan uch marta ko‘p. Shuning uchun ko‘z shifokorlari qovoq va uning sharbatini ko‘proq iste’mol qilishni tavsiya qilishadi. Temir moddasining ko‘pligi bo‘yicha esa qovoq sabzavotlar orasida rekord natijaga ega. Barcha sariq-zarg‘aldoq rangli sabzavotlar tarkibida teamir moddasi mavjud bo‘lib, u kamqonlikka qarshi kurashadi. Shuning uchun qovoq tanlayotganda imkon qadar qizg‘ishrog‘iga e’tibor berish kerak.
100 gramm qovoq 22 kilokaloriyaga teng. Uning tarkibi temir, kaliy, kalsiy, magniy minerallari va Ye, A, S, D, F, RR, T, V  guruhi vitaminlariga boy. Qovoq urug‘i tarkibida 50 foiz moy, 35 foiz o‘simlik oqsili, qand, aminokislotalar, leysin, tirozin kislotasi va karotinoidlar mavjud.

SALOMATLIK UCHUN…


Yotish oldidan yarim piyola 1 osh qoshiq asal solib ichsangiz, surunkali uyqusizlikdan xalos bo‘lasiz. Chunki bunday sharbat asab tizimini tinchlantirib, organizmga xuddi uyqudoridek ta’sir ko‘rsatadi.
Erkaklarda yosh o‘tishi bilan prostata bezi adenomasi xastaligi yuzaga kelishi mumkin. Haftada 1 piyola qovoq urug‘ini iste’mol qilib yuradigan insonlarga ou xastalik deyarli xavf solmaydi. Shuningdek, bu tabiii shifobaxsh ne’mat tarkibidagi rux moddasi urug‘ hujayrasini faollashtirib, farzand ko‘rish ehtimolini oshirish xususiyatiga ega.
Qadim-qadimdan tabobat amaliyotida qovoq urug‘i bolalar va kattalarda uchraydigan gijjalarga qarshi vosita sifatida keng qo‘llanib kelingan. Chunki uning tarkibida gijjaning ba’zi turlarini falaj qiluvchi toksik moddalar mavjud. Biroq u gelmintni butunlay zararsizlantirish xususiyatiga ega emas. Shuning uchun tabiblar qovoq urug‘ini iste’mol qilgandan so‘ng tabiiy to’g’ri dorilardan ham foydalanishni tavsiya qilishadi.
Undan tayyorlangan damlama ko‘krak og‘riganda, quruq yo‘talda tavsiya etiladi. Etini suvda pishirib, sariq kasalligida, buyrak, qovuq xastaliklarida siydik haydovchi omil sifatida iste’mol qilish mumkin.
Qovoq ovqat hazm qilish tizimi a’zolarining ishini yaxshilaydi. Shuningdek, peshob, o‘t haydovchi xususiyatga ega. Ushbu mahsulot ichni tozalaydi. Shish bilan kechuvchi qon tomir kasalliklari, jigar, buyrak xastaliklarida ijobiy ta’sir etadi.
Ibn Sino qovoqni qo‘rda ko‘mib pishirib, qand bilan aralashtirib, ichni yumshatish uchun iste’mol qilishni tavsiya etgan. Uning shirasi bilan esa tomoq og‘rig‘ini va miya kasalliklarini davolagan. Qovoqni gaz pechida pishirib qo‘loyoq og‘rigan joylariga bog‘lansa, og‘riqni qoldiradi Shu tarzda pishirilgan qovoqni o‘simlik moyi bilan aralashtirib yaralar ustiga bog‘lansa, malhamdek ta’sir qiladi. Mazkur sabzavot tarkibida pektin moddasi ko‘p bo‘lganligi bois uni iste’mol qilsa, organizmning xolesterindan forig‘ bo’lishiga ko‘maklashadi. Qovoq bir qator surunkali xastaliklarda: buyrak hamda siydik-tanosil tizimining kasalliklarida gepatit «jigar sirrozida; gipertoniya va aterosklerozda, yurak-qon tomir tizimidagi muammolarni davolashda bemorning umumiy holatini yaxshilash va davo samarasini oshirish maqsadida tavsiya qilinadi.O‘t qopi va jigar xastaliklarida uni nish ratsioniga kiritib, qaynatib, dimlab va gaz pechida pishirib har kuni 300-400 g dan yeyish lozim. 

QACHON MUMKIN EMAS!

Qovoq juda foydali poliz ekini bo‘lishiga karamasdan uni gastrit va oshqozon-ichak xastaliklarida ,qandli diabet, qorin dam bo‘lganida ko‘p iste’mol qilish mumkin emas.

SHARBATI VA URUG‘I — SHIFONING KONI

Qovoqning o‘zi kam kaloriyali bo‘lgani bilan uning urug‘ida kaloriya ko’p. 100 gramm qovoq urug‘ida 520 kall energiyaga ega. Urug‘i xomligicha gipertoniyada, gijjada jigar xastaliklarida foydali.
Shuningdek, tarkibida rux moddasi ko‘p bo‘lgani uchun soch qazg‘og‘ida, bosh terisi yog‘lanishida, yuzdagi husn- buzarlarni ketkazishda qovoq urug‘iga murojaat qilish mumkin. Urug’i tarkibidagi E vitamini hisobiga erkak va ayol jinsiy bezlari ishini faollashtiradi. Muntazam iste’mol qilib turilsa, organizmni yoshartiradi. Qovoq urug‘i qovurilganda shifobaxsh xususiyatlarini yo‘qotadi.
Qovoq sharbati tabobatda tana haroratini tushiruvchi, peshob va o‘t haydovchi ne’mat sifatida ishlatiladi. Moddalar almashinuvini yaxshilaydi. Bu sharbat antioksidant ta’sirga ega bo‘lib, ayniqsa, kamqonlikda, semirishda, qon tomirlarda xolesterin yig‘ilganda yaxshi foyda beradi.
Ayni kuz-qish mavsumida har kuni ertalab 200 ml Qovoq sharbatini ichib yursangiz, immunitetni ko‘tarib, organizmni gripp hamda boshqa infeksiyali kasalliklardan asraydi. Shuningdek, asabiylikda, ko‘ngil aynishida yordam beradi . 

QOVOQLI PARHEZ


Bunday parhez ozish maqsadida bo‘lgan insonlar uchun ayni muddao. U salomatlik uchun juda foydali bo‘lib, tanadan toksinlarni haydab chiqarishga, ichaklarni tozalashga, immun qarshilikni kuchaytirishga hissa qo‘shadi. Parhez 12 kundan iborat va bu jarayonda 6 kun (kunora) faqat dimlangan yoki suvda qaynatilgan qovoq iste’mol qilinadi. Qovoqli parhez 12 kunda 5 kg vazn tashlash imkonini beradi. Sharti shuki, soat 18:00 dan keyin hech nima yemaslik va qovoqni tuzlamaslik kerak.

Esingizda bo‘lsin, surunkali xastaliklarning o‘tkirlashgan davrida qovoq sharbatidan cheklangan ma’qul. Bu paytda faqat dimlangan yoki qaynatilgan qovoq yeyish mumkin.


TANLASH VA SAQLASH QOIDALARI

Bozordan yoki do‘kondan eng katta qovoqni sotib olishga shoshilmang.
O‘rtacha kattalikdagi, rangi to‘qroq, po‘sti urilmagan va yumshamaganini sotib oling. O‘ta pishib ketgani to‘rsimon va paxtasimon, yaxshi pishmagani esa ko‘kish, bemaza bo‘ladi.
Iste’mol uchun tanlangan qovoq urug‘i quruq va yorilmagan bo‘lsa yaxshi. Unda hech qanday mog‘or va hid bo‘lmasligi kerak. Shunda me’dangizni buzmaydi va ortiqcha tashvishdan yiroq bo‘lasiz.
Qovoqni ko‘proq vaqt saqlamoqchi bo‘lsangiz, bandi uzunrog‘ini, po‘sti qalinrog‘i va teshilmaganini tanlang. Uni qorongi, salqin, ammo muzlamaydigan, namlik darajasi past bo‘lgan xona yoki yerto‘lada saqlang. Bir-biriga tekkizmay qorong‘ida qo‘yilsa, qovoq xona haroratida ham ancha vaqtgacha aynimaydi.

Previous Hammasi Shokolad haqida
Next NAHORDA LIMON SHARBATI ICHSANGIZ , SIZDA ...

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *