Millionlab ko‘ngillarni zabt etish uchun neft qiroli yoki kompyuter tarmoqlari sohibi bo‘lishingiz shart emas. Shunchaki teran aql va o‘z orzuingizni ro‘yobga chiqarish uchun ishtiyoq bo‘lsa kifoya.
Lekin avvaliga o‘z imidjingizni yaratishingiz lozim. Chunki aynan shu ko‘zga ko‘rinmas narsa sizning kelajagingizni belgilashi mumkin.

Aynan shu imidj tufayli siyosiy arbob yoki biron bir shou-yulduz haqida taassurotga ega bo‘lamiz. Umuman olganda ham xoh yuqori lavozim sohibi bo‘ling, xoh estrada yulduzi o‘z imidjingizga ega bo‘lishingiz shart. Buning uchun o‘zingizga «reklama» yarating. O‘zingiz to‘g‘ringizda faqat yaxshi gapiring, chunki yomon jihatlaringizni sizsiz ham bilib olishadi. Avvaliga o‘zingizga tarjimai hol tuzing. Ishga kirayotganda tuziladiganga o‘xshagan emas. balki aksincha yorqin, qiziqarli va hayotingizning ijobiy kechgan onlaridan xabar beruvchi tarjimai hol bo‘lsin. U qanday tuziladi?

  •   Sizning ajdodlaringiz haqida ma’lumot. Qayerda tahsil olgansiz, ustozlaringiz kim?
  • Kasbingiz, nima bilan shug‘ullanasiz?
  • Bo‘sh vaqtingizda nima bilan mashg‘ul bulasiz?
  • Sport yoki san’at, yoqadimi ?
  • Rafiqangiz, farzandlaringiz bormi?
  • Kimlar bilan muloqot qilasiz, atrofingizdagilar haqida ma’lumot.
  • Orzularingiz, kelajakdagi rejalaringiz, falsafangiz , e’tiqodingiz

G‘oliblikka erishgan yoki o‘zingizning ko‘rsatishga imkon yaratgan barcha voqealarni yodga oling. Endi esa mashg‘ulotlarni boshlasangiz ham bo‘ladi. Bu voqealarni do‘stu-birodarlaringizga, qarindoshlaringizga, notanish insonlarga gapirib bering. Vaqt o‘tgach atrofdagilar sizga boshqacha munosabatda bo‘layotganini ko‘rib hayratga tushishingiz aniq. Ular sizga hurmat va faxr bilan nazar tashlaydilar. Shunday qilib, o‘zingizga bo‘lgan ishonchingiz ham mustahkam tus oladi. Yodingizda bo‘lsin: har qanday insonning ham tarjimai holida ana shunday ijobiy, qahramonliklarga to‘la onlar juda ko‘p bo‘ladi. Shunday ekan, o‘z qahramonliklaringiz haqida boshqalarga gapirsangiz nima qilibdi?
Har qanday professional ayg‘oqchini tayyorlash negizida biron bir «afsonani» yodlab olish mashqi yotadi. To‘qib chiqarilgan voqea ayg‘oqchi tomonidan yuz martalab aytib beriladi va oxir-oqibat agentning o‘zi ham unga ishona boshlaydi Yo‘q, biz sizga tarjimai holingizni to‘qib chiqaring, demoqchi emasmiz, shunchaki yuqorida takidlaganingiz , esga olgan yorqin damlarni yodga oling ularni atrofdagilarga so’zlab bering . Misol uchun siz ikkita oliy ma’lumotga ega ekanligingiz, boshingizdan kechirganingiz  haqida, ko‘p pul ishlab topishingiz to‘g‘risida tortinmay so‘zlayvering. O‘zingizni bunday tutishingiz maqtanchoqlikka yaqin bo‘ladi deb o‘ylayapsizmi?, Siz haqingizda boshqalar gapirgani ma’qulmi. Lekin, sizni o‘zingizdan boshqa, ya’ni kim yanada yaxshiroq biladi? O‘zingiz to‘gringizda gapirishingiz shart. Shunchaki hikoyangiz o‘rinli va qiziqarli (tinglovchi uchun) bo‘lsa bo‘lgani.

Endi ikkinchi shartga o‘tsak.

 Ishda yoki boshqa sohada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqni niyat qilgan erkaklar o‘z oldilariga aniq maqsad qo‘yadilar va u sari shaxdam qadam tashlaydilar. Yo’ldagi to‘siqlarni yengib o‘tadilar.
Bugungi kunda ishda yaxshiroq mansabni qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan insondan birinchi galda kirishimlilik, ajoyib muomila talab etilmoqda.
Bugun biz sizga ana shu haqida bir nechta maslahatlarni bermoqchimiz. Deylik, siz shaxsiy firmasiga ega tadbirkorsiz. Mijozingiz bilan shartnoma imzolashingiz kerak va hozir siz u bilan o‘tadigan va shunday hammasi hal bo‘ladigan tushlikka otlangansiz. Sir emaski, insonni ilk bor uchratgudek bo‘lsak biz birinchi galda uning qanday kiyinganligiga ahamiyat beramiz. So‘ng darhol nigohimizni kiyimdan olib, o‘sha insonning yuziga qadaymiz.
Ko‘zguga nazar tashlangchi. O‘sha notanish inson ko‘zlaringizdan nimani uqib olishi mumkin? Zerikishnimi. qayg‘unimi yoxud hayotdan mamnunlik va xotirjamlikmi?

Yodingizda bo‘lsin: nigohingiz to‘g‘ri va do‘stona kayfiyatga limmo-lim bo‘lishi kerak

  Buning uchun bir necha bor ko’zgu oldida mashq qilib ko‘rishingizga to’g‘ri keladi : o‘zingizga nisbatan ishonch nuri yog‘ilib tursin.
Eng asosiysi, shubhasiz tabassumdir. Faqat lablaringiz emas balki sof  tabassum qilishi lozim. Tabassum orqali boshqa bir insonning kayfiyatini ko‘tarib, uning sizga nisbatan yaxshiroq munosabatda bo‘lishi uchun asos yaratishingiz mumkin.

Tabassum ajoyib narsa. Tabassum qilayotib:

  • Siz bo‘shashasiz
  • Kayfiyatingiz ko‘tariladi.
  • Siz bilan muloqotda bo‘layotgan inson ham tabassumingizdan sizga, yaqinroq bo‘lishi mumkin.  
  • O’rtadagi to‘siq yo‘qoladi.
  • Tabassum orqali odamlar bilan muloqot qilishingiz osonlashadi.
  • Odamlar sizga talpinadi.


Maslahatimiz: biron bir jiddiy maqsadlar sari yo‘naltirilgan, sizga ulkan yutuqlarni olib kelishi mumkin bo‘lgan uchrashuvga otlangan ekansiz, u yerga tashrif buyurgan kishilarni xoh u erkak bo‘lsin, xoh ayol nigohingiz bilan «yeb» qo‘yishdan yiroq bo‘ling.
Qolaversa, nigohni olib qochib osmonga (shiftga) qadalib qolishning ham keragi yo‘q!
Yuzingizga tabassum, quvonch ifodasini aks ettiring.
Shunday qilib, ochiqchexra bilan nazar tashlashga o‘rganing. Chunki qosh ostidan dunyoga nazar soladiganlar har kimda shubha uyg‘otadi. Agar siz qovoq-tumshuq qilsangiz, suhbatdoshingizning tabassum qilishi amrimahol…
Siz shundoq ham betakror insonsiz, imidjingiz bilan esa bu iborani tasdiqdan o‘tkazasiz xolos. Faoliyatlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz

Previous Fialka gulini parvarishlash sirlari
Next Sizga qaysi kir yuvish kukunlari to'g'ri keladi ?

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *