Sizga qaysi kir yuvish kukunlari to’g’ri keladi ?


Do‘konga kirib, kir yuvish kukunlari taxlangan peshtoqqa qarasangiz, ularning ko‘pligi, turi va nomlanishidan ko‘zingiz tinib ketadi. Bundan xursand bo‘lsakda, sotib olishda ancha mushkul ahvolga tushib qolamiz. Aslida esa hamma kir yuvish kukunlari uch turga ajratiladi.

Universal uyingizning hamma joyini tozalay oladimi?

Bu turdagi kir yuvish kukunlari hamma matolarni yuvish uchun qo‘l keladi. Yog’ va ter dog‘larini, chang hamda kirni yaxshi tozalaydi. Boshqa turdagi kukunlarga qaraganda mazkur tozalovchi vositalarni kam sarflasa ham bo‘ladi. Ularning qutisidagi yozuvga ahamiyat bersangiz, ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotining kiyimlarni yuvish, kafel, hammom va hojatxonani tozalash xususiyatlariga egaligini yozgan bo‘ladi. Bunday reklamaga aslo ishonmang. Agar ular aytganidek, haqiqatan bu «universal vosita» hamma ishlarga qodir bo‘lsa, kir yuvish jarayonida matolarga zarar yetkazishi aniq bo‘ladi

E’tiborli bo‘ling 

Kir yuvish kukunini xarid qilish jarayonida tarkibiga ahamiyat bering. Ulardagi turli xil komponentlarning vazifasi bilan tanishing:
• Fosfat suvning tarkibini yumshatadi, dog‘larni ketkazishni yengillashtiradi;
• silikatning vazifasi fosfatniki bilan o‘xshash, shuningdek, ular kir yuvish mashinasini zanglashdan himoyalaydi;
• ustki faol moddalar (qutichada PAV deb yoziladi) tozalash vositasi matoning mayda dog’larini ham yaxshi yuvishga yordam beradi;
• kimyoviy oqartiruvchi moddalar, masalan, natriy perborati dog‘larni ketkazishda samarali hisoblanadi;
• optik oqartiruvchi moddalar an’anaviy tozalovchi vositalarga qaraganda matoga kamroq
zarar yetkazadi. Ba’zida bir-ikki marta yuvilgan kiyimlar o‘z rangini yo‘qotib, xiralashib qoladi. Optik oqartiruvchi moddalar esa kiyimlarda dog‘ qoldirmaidi, ranglarni ham xiralashtirmaidi;


Bio qo‘shimchalar 

Bunday kir yuvish kukunlarining foydasini sezish qiyin emas, chunki ular yordamida qayla, qahva, choy, yog‘ va meva sharbatlaridan qolgan dog‘larni ketkazish ancha osonlashadi. «Bio» bu vaqt sinovidan o‘tgan tabiiy fermentlar, masalan, limon sharbati yoki boshqa dog‘ni ketkazuvchi moddalar andazasi asosida yaratilgan sun’iy fermentlar hisoblanadi. Bio qo‘shimchalar 60 darajadan yuqori bo‘lgan haroratda o‘z ta’sirini yo‘qotadi. Eng asosiysi esa bu turdagi kir yuvish kukunlarida jun va ipakdan boshqa hamma matolarni yuvish mumkin.

Oqartiradi degani rostmi 

Bu turdagi kukunlarning «universal»dan farqi yo‘q. Oqartirish ta’siri rangli kiyimlarni buzishi mumkin, rangli matolar uchun alohida sotib olganingiz ma’qul. Hozir rangli kiyimlardagi dog‘larni ketkazadigan maxsus vositalar ko‘p. Muhimi bu turdagi yuvish vositalari qo‘lda yuvishga va barcha turdagi kiryuvish mashinalariga mos keladi



Previous Ishda yoki boshqa sohada ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqchimisiz ? buning siri …
Next Kunduzgi uyquning foydasi bormi ?

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *