Ko‘rish qobiliyatini qanday yaxshilash mumkin?


Organizmimiz shunday tuzilganki, ovqat hazm qilish va qon aylanishi me’yorda bo‘lsa, ko‘zlar barcha kerakdi vitamin va mikroelementlar bilan ta’minlangan bo‘ladi. Masalan, agar organizmingiz oziq-ovqat orqali A vitaminini olmasa, ko‘rish qobiliyatingiz yomonlashadi.

Har kuni unchalik katta bo‘lmagan sabzini xomligicha yoki qaynatilgan holda yeyish va yarim stakan sabzi sharbati ichish kifoya. Faqat unutmang, A vitaminining o‘zlashtirilishi uchun yog‘ kerak, demak, sabzidan tayyorlangan yeguliklarga oz miqdorda o‘simlik yog‘i yoki smetana qo‘shing.
Ko‘rish qobiliyati normal bo‘lishi uchun muhim mikroelementlar orasida kaliy asosiy o‘rin tutadi. Qon aylanish tizimi ahvoli ham shunga bogliq. U olma, apelsin, banan, tarvuz, quruq mevalar, qurda pishirilgan kartoshka tarkibida mavjud.

Televizor

Televizor tomosha qilayotganda shiftdagi chiroq yoqilgan bo‘lsin. Xona qorong‘i bo‘lmasligiga e’tibor bering. Ko‘zlar kamroq charchashi uchun televizorgacha bo‘lgan masofa 2-3 metrdan kam bo‘lmasligi kerak. Unutmang, kunduzgi mehnatdan keyin ko‘zlarga dam berish kerak. Shuning uchun ko‘rish qobiliyatingiz ko‘ngildagidek bo‘lsa ham televizor qarshisida 2-3 soatdan ortiq vaqt o‘tirmaganingiz ma’qul.

Kompyuter

Monitor ko‘zlarga yoruglik nuri bilan «hujum» qiladi. Bu ko‘zlarning doimiy zo‘riqishi va hatto bosh og‘rig‘iga ham turtki bo‘lishi mumkin. Agar o‘zingizda ko‘zlarda achishish, qichishish va qadalish, qorachiqlarini harakatlantirganda og‘riq, ko‘z olmalarining qizarishi, buyumlarning ikkita ko‘rinishi, tez toliqishi, bo‘yin og‘rishi kabi alomatlarning bittasini bo‘lsada kuzatsangiz, albatta oftalmolog-shifokorga murojat eting.
Buning profilaktikasi sifatida esa quyidagi qoidalarga rioya qiling:
• kompyuter qarshisida ko‘p o‘tirmaslikka harakat qiling;
• har 30-45 daqiqada 5 daqiqali tanaffus qiling;

Ish stolingizni to‘g‘ri joylashtiring. Monitorni shunday o‘rnatingki, ekranga yorug’lik tushmasin; maxsus ko‘zoynaklardan foydalaning.

Uy sharotida ko‘rishni yaxshilash usullari

Taomnomangizda sabzi, shaftoli, pomidor, petrushka, sut, pishloq, tuxum bodom bo‘lsin. Choy sifatida tuyatovon (mat-i-machixa}, arpabodiyonning quruq barglarini damlab ichib turing.
Chernika mevasi va barglari ham ko‘rish qobiliyatini yaxshilaydi.
Yulduzli osmonga ko‘proq qarash ham foydali.
Kaftlarni bir-biriga ishqalab isitib, yuzni tepaga-pastga harakatlari bilan 36 martagacha massaj qiling.

Previous Kunduzgi uyquning foydasi bormi ?
Next Ayollar go‘zal bo‘lib tug‘ilishi shart emas

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *