Olimlarning aytishicha munatazam piyoda yursangiz , Sizda …


Tibbiyotchilarning fikricha, turli-tuman noxushliklarning eng asosiy sababchisi kam harakatlilikda ekan. Bu baloga qarshi kurasha olamizmi? Albatta, chunki buning uchun bir necha soatlab mashq zallarida shug‘ullanish yoki har kuni 10 kilometrlab yugurish shart emas. Sizni balo-qazolarlan asrab, har qanlay yoshda ham bardam-baquvvat va sog‘lom bo‘lib yurishingiz uchun oddiygina piyoda yurishning o‘zi kifoya. Hozir esa piyoda yurishning ayni vaqti, chunki jazirama issiq ortda qolib kuzning tanaga xush yoquvchi salqin havosi esa boshladi.

Yurish foydali

Yurishning foydaliligi ilmiy jihatdan tasdiqlangan. Masalan, yapon va amerikaliklar piyoda yurish bo‘yicha eng oldinda bo‘lib, bir kunda 10 ming qadamdan kam bo‘lmagan tarzda piyoda yurishni targ‘ib qilmoqdalar. Shuning uchun kunchiqar mamlakat aholisining erkak va ayollari, boshqa mamlakat kishilariga qaraganda uzoqroq umr ko‘rishar ekan.
Yurish — jismoniy faollikning eng oddiy va bezarar turi bo‘lib, salomatlik uchun aerobika (maxsus raqsdan) kam foyda keltirmaydi.

Olimlarning aytishicha munatazam piyoda yurish :

  • Yurak va tomirlarni mashq qildiradi hamda qondagi xolesterin mikdorini kamaytiradi, shu tarzda yurak kasalliklari va gipertoniyaning oldi olinadi;
  • Qondagi insulin me’yorini yaxshilaydi va qandli diabetning oldi olinadi;
  • Suyaklardan kalsiyning yuvilib ketishini va bo‘gimlar buzilishini oldini oladi va shu tarzda artrit va artrozlarning oldini olishda ajoyib tarzda profilaktik ta’sir ko‘rsatadi;
  • Erkaklarda gemorroy, prostatit va prostata adenomasi, ayollarda sabab bo‘luvchi kichik tos organlaridagi vena qonlarida tiqinlar paydo bo‘lishining oldini oladi;
  • Immunitetni oshiradi; Mushaklarga kuch va taranglik baxsh etadi, organizmni quvvatga to‘ldiradi;
  • Asab tizimini mustahkamlaydi, stress va ortihcha vazndan qutilishga yordam beradi.


Sog‘lom bo‘lish maqsadi piyoda yurish barcha uchun: yosh va qariyaga, bolalar va homilador ayollarga, sog‘lom hamda nosog‘lom kishilarga birdek zarur faqatgina me’yorni to‘g‘ri tanlab olsangiz bo‘lgani. Piyoda yurish mashqlari, hatto boshqa har qanday turdagi jismoniy faolliklar ma’n qilingan kishilar uchun xam foydalidir. Bundan tashqari bu mashqlar kundalik tartibingizga ham mos keladi, chunki uni sayohat, ekskursiya va do‘konlarni aylanish bilan birgalikda bajarsa bo‘ladi. Yoki ishdan uyga qaytayotganda ketadigan vaqtingizni yurishga sarflang. Tirband va havosi bo‘g‘iq avtobusda asabiylashib, tiqilgandan ko‘ra bir necha bekat oldinroq tushib, toza havoda sayr qiling. Iloji boricha mashina kam yuradigan ko‘chalarni tanlang. Bu sayr uchun yarim soat vaqt sarflang. Ikki hafta o‘tgach, yarim soat ham sizga kam ko‘rinsa ajabmas. Shunday bo‘lgan taqdirda ertalab ishga ketayoggan vaqtingizda sayr uchun yana 30 daqiqa qo‘shing. Agar imkon bo‘lsa tushlikda ham ko‘chaga chiqing: bu sizga yana o‘ttiz daqiqa hadya qiladi. Agar uyqudan oldin yana shuncha sayr qiladigan bo‘lsangiz, u holda salomatlikning oltin kalitini qo‘lga kiritish uchun butun boshli 2 soatni ajratgan bo‘lasiz. Bundan tashqari piyoda yurish alohida tayyorgarlik va malakani, trenajyor va sport zallarini talab qilmaydi: uydan chiqda, sog‘lom hayot uchun oldinga qarab yur!

Previous Ochlik qarishdan qutkaradi
Next Jinsi kiyimlar depressiyani keltirib chiqazadi

No Comment

Leave a reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *